|
Demodulyatorning ishlashini aloqa kanalida xalaqitlar ta'siri sharoitida tadqiq qilish
|
bet | 26/43 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 2,17 Mb. | | #106190 |
Bog'liq lab (2)2. Demodulyatorning ishlashini aloqa kanalida xalaqitlar ta'siri sharoitida tadqiq qilish.
2.1. Ossillografning ikkala kanalini ulash. “Источникпомех” blokida “Aloqa kanaliga xalaqitlar manbaini ulash” yozuvi ostidagi “Да” tugmasini bosish.
2.2. 0,2 xalaqitlar dispersiyasini o‘rnatish.
2.3. Hosil bo‘lgan parametrlar uchun 1.3 va 1.4 p.p. ni takrorlash.
2.4. Chiqishdagi signal xato bilan qabul qilinmaguncha, ya'ni 12 raqamli nazorat nuqtasidagi signal 1 raqamli nazorat nuqtasidagi signal bilan to‘g‘ri kelmaguncha xalaqitlar dispersiyasini oshirish.
2.5. Hosil bo‘lgan parametrlar uchun p.p.1.3 va 1.4 ni takrorlash. Halaqitlar dispersiyasining ahamiyatini yozib olish.
Hisobot tarkibi
1. Ishning nomi va maqsadi.
2. Ikkilamchi AM signallarning optimal korrelyatsion demodulyatorining strukturaviy sxemasi.
3.Qurilmaning barcha nuqtalarida kuzatilayotgan jarayonlarning ossillogrammasi.
4. Tadqiqotlar natijasi bo‘yicha xulosa.
Nazorat savollari
1. Demodulyator ishining algoritmini tushuntirib bering.
2. Xalaqitlar sharoitida diskret signallarni optimal qabul qilish prinsipini tushuntiring.
3. Optimal qabul qilish masalalarining geometrik interpretatsiyasini ko‘rsating.
4. Diskret signallarni qabul qilishda optimallash mezonlarini sanab o‘ting, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring.
5.Optimal qabul qilish sifatini baholashning miqdoriy tasnifini keltiring. Ular qanday aniqlanadi?
6. Kogerent qabul qilishda modulyatsiyaning turli ko‘rinishlarida halaqitbardoshlik qanday baholanadi?
7. Optimal kogerent demodulyatorning ishlash algoritmini maksimal haqiqatga yaqinlik mezoni bo‘yicha yozib oling.
8. Ikkilik AM tizimi uchun optimal kogerent demodulyatorning ishlash algoritmini yozib oling va uning funksional sxemasini chizing.
12- LABORATORIYA ISHI
OPTIMAL KORRELYATSION DEMODULYATORNING IKKILIK CHM SIGNALINI TADQIQ QILISH
|
| |