Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana29.11.2023
Hajmi0,85 Mb.
#107645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AFF = YAF-DX+BD-BZ
Bunda,
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX-davir xarajatlari;


22
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ-asosiy faoliatdan ko‘rilgan boshqa zararlar
Mahsulot kontsepsiyasi daromadni xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining
natijasi sifatida qaraydi, boshqacha aytganda daromad ma'lum vaqt oralig‘ida
mahsulot, tovar va xizmatlarni yaratilgan jarayondir, lekin bunday tarif daromadni tan
olish vaqtini ham, uning miqdorini ham aniqlab bermaydi. Biroq, bu kontsepsiyadan
muhim bir jihat kelib chiqadi, daromad ishlab topilmagunga qadar tan olinmaydi.
Shunday qilib, ushbu kontsepsiya daromadlar tarkibida olingan bunaklar (avanslar),
qo‘shishni man etadi. Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi ishlab chiqarilgan Tovar yoki
xizmatlarga berilishiga asoslanadi. Daromadlarni tan olishni tadqiq qilishda, ya'ni
realizatsiya qilish vaqti deb, qachon yangi qiymat (tushum) tannarxni o‘zgartirsa,
quydagi uchta variant kelib chiqadi: -yoki pul mablag‘larining olinishi, yani oldindan
to‘lash; -yoki mahsulotlarni ortib junatilishi; -yoki mahsulotlarni omborga
topshirilishi. Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi mahsulot va xizmatlarga egalik qilish
huquqi xaridorga o‘tmas ekan daromad tan olmaslikni tamnlaydi. Biroq, bu
kontsepsiyaning kamchiligi maxsulot yoki xizmatlarni yitkazib bergunga qadar tan
olinish man qilinadi. O‘sish kontsepsiyasi mahsulot yoki xizmatlarni yitkazib berish
natijasida aktivlarning oqimi yoki majburiyatlarning kamayishi (yoki ularning
kambinatsiyasi)ni daromad deb tan oladi. Bu kontsepsiyaning kamchiligi mavjud,
bunda daromadni baholash va vaqt bilan bog‘liqligi aralashib ketadi. Italiyalik
bugalter Djino Dzappa (1879-1960) "... korxona daromadlari ayon xarajatlar esa
shubhali deb etirof etgan. Firma kapitalining qiymati uning daromadiga bog‘liq deb
hisoblagan."15 Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy manfaati daromadda
mujassamlanadi. V.M. Raimova va I.A. Fedatova ushbu tushunchani quydagicha
tahlil etadilar:-" Korxonadadaromadlarning xarajatlardan barqaror ustunligining
o‘ziga xos ko‘zgusi moliyaviy barqarorlikdir. U moliyaviy resurslarning shunday
holatini aks ettiradiki, bunda korxona pul mablag‘larini bemalol va oqilona ishlatib,
ulardan samarali foydalansh yo‘li bilan ishlab chiqarish va maxsulotni sotish


23
uzluksizligini taminlay oladi". Korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligi esa pul
mablag‘larining shunday harakatiki, u birinchi galda daromadlarning kelib tushishi
ularni sarflashdan doimo ustun bo‘lishini taminlashi lozim. Shuningdek, uni
kengaytirish va yangilash xarajatlarining bozor sharoitida u avvalambor, mahsulot
(ish, xizmatlar)ni sotishdan barqaror daromad olishi uchun, maxsulot ishlab
chiqarishni oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish, xo‘jalik mexanizimini va
faoliyatning barcha bo‘g‘inlarini boshqarish mexanizimini takomillashtirish uchun
kundalik ichki xo‘jalik nazoratini hamda alohida jarayonlarning ekspertezasini olib
boorish talab etiladi. Daromad tushunchasi haqida respublikamizning bir qator
professor olimlari o‘z fikir va muloxazalarini etirof etgan masalan: A.A. KArimov
"Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar oqimi yoki ko‘payishi
shaklida o‘sishi yoki passivlarni qatnashchlarning kapitalidagi omonatlaridan farq
qiluvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishdir" 17. deb ta'rif berib o‘tgan. A.K.
Ibragimov era daromadlar mazmunini quydagicha izohlagan: "daromad korxona
aktivlaridan foydalanish, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga
vkorxonaga kelib tushgan tushumdir. Daromadlar korxonada ushbu jarayonlar bilan
bog‘liq malum turdagi xarajatlarni vujudga keltiradi" diya takidlab o‘tganlar. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromadlari hisobini yuritishda
asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakillanishi BHMS No2-sonli "asosiy
xo‘jalik faoliyatidan olinadigan olinadigan daromadlar" bilan tartibga solinadi. Milliy
standartga asosan asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar xo‘jalik yurituvchi
subyektning odatdagi faoliyati daromadi vujudga keladigan davir ichida mulk
egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno
etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi". Demak
asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo‘jalik yurituvchi subyektning
odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z
sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z
sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan


24
olinadigan daromad xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uning schyotiga kelib
tushadigan yalpi tushumlardan yoki olinishi mumkin bo‘lgan tushumlardan iborat.
Uchinchi shaxslar nomidan undirib olinadigan, xo‘jalik yurituvchi subyektga kelib
tushadigan va xususiy kapitalning ko‘payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar
summasi asosiy xo‘jalik faoliyati daromadiga kiritilmaydi. Tovarlarni realizatsiya
qilishdan va xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan daromad subyektlar o‘rtasida
shartnomada ko‘zda tutilgan sotish narxlari bo‘yicha aniqlanadi. Bitimdan kelib
chiqadigan daromad summasi olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari
yoki pul ekvivalentlari summasidan subyektga o‘tib beriladigan savdo chegirmalari
summasi yoki narxlarni tushirish xajmini hisobga olgan holda qiymat bo‘yicha
o‘lchanadi. Biroq agar pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlarining tushumi
kechiktiriladigan bo‘lsa, bunday holda joriy narxlarda ifodalangan iqtisodiy naf
qiymati olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan qiymat pul mablag‘larining nominal
miqdoridan kam bo‘lishi mumkin. Bitimlar tuzish natijasida moliyaviy operatsiyalarni
o‘tkazish chog‘da to‘langan mablag‘ning joriy narxdagi qiymati muqobillashgan foiz
stavkasini qo‘llagan holda hisoblagan kelgusidagi barcha tushumlarni diskontlash
yo‘li bilan aniqlanadi. Sotish qiymati va olinadigan qoplama (kompensatsiya)ning
nominal qiymati o‘rtasidagi farq summasi No2 BHMSning 20 va 21 - bandlariga
muvofiq foiz ko‘rinishidagi daromad sifatida tan olinadi. Tayyor mahsulotlar,
tovarlarning qaytarilishi, sotish axborotlar narxlaridan chegirmalar to‘g‘risidagi 9000
"asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi" schyotlarda aks ettiriladi.
Shuningdek, sotilgan olingan 9010, 9020, va 9030- schyotlar transit schyotlar
hisoblanadi, ko‘payishi kridetida, kamayishi debitida aks ettiriladi. 9040 va 9050
schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030 schyotlar summasini
korrekterovka qilib turadi. Operatsion faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga
oladilar (9010, 9020, 9030, 9040, 9050) schyotlar bo‘yicha analitik hisob sotilgan
mahsulot (Tovar), bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha
alohida yuritiladi. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgqan daromadni hisobga olishda


25
daromadni tan olish vaqtini aniqlash asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan daromad
xo‘jalik subyektiga kelgusida iqtisodiy manfaat kelish imkoniyati mavjud vaqtda aks
etadi, shu bilan birga ushbu manfaat ishonchli va aniq o‘lchanadigan bo‘lishi lozim.
Misol:
"GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJda ushbu schyotlarda sotilgan
mahsulotlar va tovarlardan olingan daromadlar qayd qilib boradilar:
Dt - 4000 “Olinadigan schyot(to‘lov)lar hisobga oluvchi schyotlar”
Kt- 9000 “Olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”

Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi

Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish