• Davr xarajatlari hisobi.
  • Xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobi




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/11
    Sana29.11.2023
    Hajmi0,85 Mb.
    #107645
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobi
    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va
    ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi umumlashtirish 2710
    "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotida amalgaoshiriladi. Korxonaning xizmat
    ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari sifatida korxonaning maqsadibo‘lgan faoliyati mahsulot
    ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan
    ishlab chiqarish va xo‘jaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda korxonaning
    balansida bo‘lgan sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy-joy kommunal
    xo‘jaligi ob’ektlari, sport vamadaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat
    ko‘rsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikka oid
    ajratilgan bo‘linmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi.


    17


    18
    Davr xarajatlari hisobi. Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish
    jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga
    boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek umumxo‘jalik xarajatlari,
    jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha xarajatlar ham
    kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog‘liqb
    bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi
    uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular
    mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, vaaksincha, vaqt
    bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ular davr
    xarajatlari deb yuritiladi. Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi
    xo‘jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
    Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
    9410-«Sotish xarajatlari»
    9420-«Ma’muriy xarajatlar»
    9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
    Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

    temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport

    vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;

    savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;

    mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash

    xarajatlari (ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);

    ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

    savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni

    ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;

    asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;


    19

    sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idishtovog‘i
    va anjomlarining eskirishi;

    savdo reklamasi xarajatlari;

    bank xizmatlariga to‘lovlar va boshqalar.
    Yuqorida
    keltirilgan
    xarajatlar
    9410-«Sotish
    bo‘yicha
    xarajatlar»
    hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi
    davr bo‘lmasinuning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Hisobvaraqni debet
    tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida
    ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning
    kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.

    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobi

    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish