• Topshiriqlar
  • Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov
  • “Ta’lim” axborot tizimlari majmuasi bilan ishlash




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/75
    Sana25.01.2024
    Hajmi15,83 Mb.
    #145778
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
    Bog'liq
    kommunikacion tehnologijalar 2020 j

    “Ta’lim” axborot tizimlari majmuasi bilan ishlash.“Ta’lim” axborot tizimi 
    o‘quv jarayoni, tashkiliy jarayonlar haqida axborot olish, dars jadvali va o‘zlashtirish 
    ko‘rsatkichini bilib borish,qoldirilgan darslar haqida ma’lumot olish, oraliq, joriy, 
    Yakuniy nazorat savollari va nazorat o‘tkazish sanalari haqida axborot olish, ta’lim 
    muassasasida bo‘layotgan yangiliklar, seminarlar, konferensiyalar haqida xabardor 
    bo‘lib borish mumkin. Buning uchun quyidagi tartibda vazifa bajariladi: 
    Topshiriqlar:
    1. “Ta’lim” axborot tizimini oching; Buning uchun E-edu.uz sayti teriladi. 
    2. Tizimga kirish bandi tanlanadi. 
    3. Registratsiyadan o‘tish, login, parol qo‘yish oynasi chiqadi. 


    Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 
    87 
    11.1-rasm. “Ta’lim” axborot tizimidan avtorizatsiyadan o‘tish.
    4. Ekranda xodimlarning login, paroli bilan to‘ldirilib, voyti tugmachasi bosilsa, 
    quyidagi oyna hosil bo‘ladi. 
    11.2-rasm. “Ta’lim” axborot tizimining bosh sahifasi. 
    5. Bu erdan yordam tugmachasi bosilsa, video hosil bo‘ladi. Bu video yordamida 
    tizimdan foydalanish yo‘llari tushuntiriladi. 
    11.3-rasm. Tizimdan yordam olish. 
    6. Xuddi Shunday tartibda talabalarning ham login,parollari bilan kirsa bo‘ladi
    www.uz
     milliy qidiruv tizmi. Milliy axborot qidiruv tizimini ishga tushiring. 
    Shunda ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi:


    88 
    11.4-rasm. 
    www.uz
     ning asosiy oynasi.
    www.uz Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga milliy sigmentda joylashgan 
    veb-saytlar bo‘yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni veb-sayt manzili va 
    ichki ma’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli 
    bo‘lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi. 
    Bundan tashqari WWW.UZ qidiruv tizimi Internet resurslari (veb-saytlari) katalogini 
    va veb-saytlar reytingini yuritadi, saytlar bo‘yicha jamlangan statistik ma’lumotlarni 
    to‘playdi hamda axborot texnologiyaari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib 
    boradi. 
    www.uz 
    katalogi 
    foydalanuvchilari o‘zlariga kerak 
    bo‘lgan saytni mavzular bo‘yicha 
    (Iqtisod, OAV, Madaniyat va 
    boshqalar) qidirish orqali tezroq 
    topishlari mumkin. Katalog har 
    kuni qidiruv tizimining faol 
    foydalanuvchilari 
    tomonidan 
    yangi 
    saytlar 
    bilan 
    boyitib 
    boriladi. 
     
    11.5-rasm. 
    www.uz
     da saytlar reytingi.
    Shu bilan birga 
    www.uz
    ning har bir foydalanuvchisi 
    bo‘limiga kirib, barcha ro‘yxatga olingan saytlar reytingini ko‘rishi mumkin: 
    “Jamlangan statistika” bo‘limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi 
    mumkin. 

    Download 15,83 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Ta’lim” axborot tizimlari majmuasi bilan ishlash

    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish