• Iqtisodiyot” kafedrasi
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 5230100-«iqtisodiyot» bakalavriat ta`lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi Erkinova Munavvar Zafarovnaning «O‘zbekistonda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish




    Download 13,99 Kb.
    Sana23.06.2024
    Hajmi13,99 Kb.
    #265264
    Bog'liq
    Ichki taqriz


    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 5230100-«iqtisodiyot» bakalavriat ta`lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi Erkinova Munavvar Zafarovnaning «O‘zbekistonda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalarning asosiy yo‘nalishlari » mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


    TAQRIZ


    O‘zbekistonda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashning ahamiyati. ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon hisoblanadi.
    Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali sanoat va texnologik landshaftning hozirgi holatini yaxshilash,n’anaviy sanoatni yangilash va rivojlanayotgan tarmoqlar o‘sishiga hissa qo`shish, inson resurslarini rivojlantirish, ta’lim va malaka oshirish dasturlarini yaratish, xalqaro hamkorlik, sheriklik va ittifoqlarni o‘rnatish mumkin
    Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, talaba M.Erkinova tomonidan tanlangan bitiruv malakaviy ishining mavzusi o’zining dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. M.Erkinova tomonidan yozilgan bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning turli yo‘nalishlarini o‘rganishning mohiyati , O‘zbekistonning sanoat bazasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ko‘p qirrali strategiya va tashabbuslar atroflicha tahlil etilgan.
    Ikkinchi bobda “Dabusqal`a ulgurji savdo” MChJining iqtisоdiy tasnifi, “Dabusqal`a ulgurji savdo” MChJda zamonaviy texnologiyalardan samarali fоydalanish hоlati tahlili yoritib berilgan.
    Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida esa O`zbekistonda ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni rivojlantirish yo`llari va xorij tajribalari atroflicha yoritib berilgan.
    Ta’kidlash joizki, ishning sifatini oshirish maqsadida talaba rasm va jadvallardan unumli va o’z o’rnida foydalangan. Biroq, ishda ba’zi kamchiliklar ham ko’zga tashlanadi. Masalan, ba’zi imlo va stilistik xatolarning mavjudligi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalahsda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishda milliy tajriba yetarlicha yoritib berilmagan.
    Ko’rsatilgan kamchiliklar tavsiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, ishning sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
    Umuman olganda, 5230100 - “Iqtisodiyot” bakalavriat ta`lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Erkinova Munavvar Zafarovnaning «O‘zbekistonda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalarning asosiy yo‘nalishlari» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi belgilangan talablarga javob beradi hamda Yakuniy Davlat Attestatsiya komissiyasi oldida himoya qilishga tavsiya etaman.

    Iqtisodiyot” kafedrasi


    i.f.n.prof X.Asatullayev
    Download 13,99 Kb.




    Download 13,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 5230100-«iqtisodiyot» bakalavriat ta`lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi Erkinova Munavvar Zafarovnaning «O‘zbekistonda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish

    Download 13,99 Kb.