|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkent state university of economics mustaqil ish
|
bet | 3/9 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 50,98 Kb. | | #157837 |
Bog'liq “ALSKOM” Sug\'urta Kompaniyasi2015 yil
Keksalarni e'zozlash yiliga bag'ishlab, Kompaniya tomonidan "E'zoz" sug'urta mahsuloti hamda bir qator "Sportchi", "Abituriyent", "Oliy ta'lim muassasalari talabalarining to'langan to'lov-kontrakt summalarini sug'urta qilish", "Dengiz sug'urtasi doirasidagi javobgarlikni sug'urta qilish" kabi yangi mahsulotlar ishlab chiqildi.
Kompaniya Bosh direktori T.K. Iminov "Sug'urta bozori professional ishtirokchilarining eng yaxshi rahbari" nominatsiyasida "Oltin Soyabon" mukofoti bilan taqdirlandi.
Kompaniya Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta "PUL"iga a'zo bo'ldi.
Kompaniyaning Bosh ofisi tarkibida yangi "Aksionerlar bilan korporativ munosabatlar" departamenti tashkil qilindi.
Kompaniyaning Qashqadaryo filiali uchun yangi ofis binosi foydalanishga topshirildi.
Sug'urta polisini sotib olish uchun buyurtmani rasmiylashtirish imkoniyatini osonlashtiruvchi Kompaniya veb saytining yangilangan ko'rinishi joriy qilindi.
TVEFJMS bo'yicha sug'urta polislari muddatining tugashi haqida sug'urta qildiruvchilarga SMS xabarnoma yuborish tizimi joriy qilindi.
Respublikaning uzoq joylarida 12 ta bo'linmalar tashkil etildi. Xususan, "Ellikqal'a" bo'linmasi (Qoraqalpog'iston Respublikasi) , "Baliqchi" va "NavoiyShoh" bo'linmalari (Andijon viloyati), "G'ijduvon" sug'urta markazi (Buxoro viloyati), "Navbahor" bo'linmasi (Navoiy viloyati), "Pop" bo'linmasi (Namangan viloyati), "Sho'rchi" bo'linmasi (Surxondaryo viloyati), "Oltiariq", "Qirguli", "Yaypan" va "Buvayda" bo'linmalari (Farg'ona viloyati), "Xazorasp" bo'linmasi (Xorazm viloyati).
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan umumiy sug'urta tarmog'ining o'n uchta klasslari bo'yicha sug'urta faoliyatini amalga oshirish uchun Kompaniyaga yangi litsenziya (30.12.2015 y. SF 00211) berildi.
2014 yil
Kompaniyaning tashkiliy-huquqiy shakli o'zgarganligi ya'ni "ALSKOM" sug'urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganligi bois O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining litsenziyasini oldi.
Kompaniya tomonidan yangi, intellektual mulk ob'ektiga bo'lgan huquqni sug'urta qilish sug'urta mahsuloti ishlab chiqildi.
Milliy sug'urta bozorida raqobatni ta'minlash maqsadida "ALSKOM" sug'urta kompaniyasi sug'urta polislarining an'anaviy sotuvi bilan bir qatorda, mobil banking orqali sug'urta polislarini sotishni yo'lga qo'ydi. Mazkur xizmatdan Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Farg'ona viloyatlari mijozlari foydalanishi mumkin.
Mamlakatimiz hududida, asosan qishloq joylarda 22 ta bo'linma tashkil etildi. Xususan, 2 ta bo'linmadan Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlarida, hamda Toshkent shahrida, 1 ta bo'linmadan Xorazm, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida, shuningdek 6 ta bo'linma Farg'ona viloyatida ochildi.
Shu yili Kompaniya "Sug'urta sohasining eng yaxshi mutaxassisi" nominatsiyasida "Oltin Soyabon" mukofoti berildii. Ushbu mukofotning sohibi bo'lib Kompaniyaning Bosh direktor o'rinbosari taqdirlandi.
|
| |