• 1998 yil Kompaniya Ozbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi royxatidan otdi va MV 001 №000009 seriyali guvohnoma berildi. 1997 yil
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkent state university of economics mustaqil ish




    Download 50,98 Kb.
    bet8/9
    Sana16.02.2024
    Hajmi50,98 Kb.
    #157837
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    “ALSKOM” Sug\'urta Kompaniyasi

    2000 yil
    Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi ro'yxatida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi sifatida qayd etildi.
    1999 yil
    Qayta sug'urtalash va retrotsessiya bo'yicha Rossiya Federatsiyasining yetakchi sug'urta kompaniyasi "Interros-Soglasie" MCHJ bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi.
    1998 yil
    Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ro'yxatidan o'tdi va MV 001 №000009 seriyali guvohnoma berildi.
    1997 yil
    Kompaniya o'z sug'urta xizmatlarini omma e'tiboriga havola eta boshlagan holda universal sug'urtachiga aylandi. Hududiy sug'urta kompaniyalari bilan xavflarni qayta sug'urta qilish bo'yicha yo'lga qo'yildi.
    1996 yil
    O'zbekiston mustaqillikka erishganiga besh yil to'ldi, ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy sohalar isloh etildi. Shular qatorida sug'urta sohasiga ham alohida ahamiyat qaratildi. O'zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi korxona va tashkilotlari tomonidan "ALSKOM" sug'urta kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil etildi. Kompaniya davlat ro'yxatidan o'tdi va "Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar" palatasiga a'zo bo'ldi.
    2018 yil 26 mayda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyatining umumiy aksiyadorlar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bunda Kompaniya faoliyatining 2017 yil yakunlari hamda 2018 yilda uni rivojlantirish yo'nalishlari va vazifalari ko'rib chiqildi.
    Yig'ilishda Kuzatuv kengashi raisining Kuzatuv kengashi faoliyati yakunlari bo'yicha hisoboti tinglandi. Aksiyadorlar Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqladilar hamda Kuzatuv kengashi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar. 
    So'ng Kompaniya bosh direktori Tohirjon Iminov Kompaniyaning 2017 yil moliyaviy-xo'jalik faoliyati yakunlari to'g'risida hisobot berdi.
    2017 yilda tuzilgan sug'urta shartnomalari soni 345 mingtadan ortdi. Tuzilgan sug'urta shartnomalarining asosiy qismi jismoniy shaxslarga, ayniqsa olis qishloq hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga sug'urta xizmatlarini ko'rsatish hisobiga ta'minlandi. 
    Hisobot yilida Kompaniya tomonidan jami yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 45,5 mlrd. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning shu davri ko'rsatkichidan 16,4% ga ko'paydi. Jami qabul qilingan sug'urta majburiyatlari hajmi 11,5 trln. so'mndan ortdi.
    2017 yilda sug'urtaning barcha yo'nalishlari bo'yicha sug'urta mukofotlarining miqdoriy o'sish ko'rsatkichi kuzatildi. Jami yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmida majburiy sug'urta turining ulushi o'zgarmay 30% atrofida saqlanmoqda. Bu Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va mustahkamligini saqlashga imkon yaratadi.
    2017 yilda qo'shimcha Qo'qon shahrida 1 ta filial, mamlakat viloyatlarida, xususan qishloq joylarda 16 ta hududiy bo'linmalari ochildi. 2018 yil boshiga Kompaniyaning hududiy tarmog'i viloyat markazlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan 16 ta filial, tuman va uzoq qishloq joylarda faoliyat ko'rsatuvchi 119 ga yaqin bo'linmalar va qator sotuv shahobchalaridan tashkil topgan. 
    2017 yilda Kompaniya filiallari tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 42,4 mlrd. so'mni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 23,4% ga ortdi. Jami yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmida hududiy filiallarning ulushi ortib bormoqda. Agar 2016 yil yakunlariga ko'ra ushbu ko'rsatkich 87,8% ni tashkil etgan bo'lsa, 2017 yil yakuniga ko'ra bu ko'rsatkich 93% dan ortdi. Bu esa hududiy tarmoq Kompaniya sug'urta faoliyatining asosiy tarkibini egallaganidan dalolat bermoqda.
    2017 yilda jami to'langan sug'urta qoplamalari miqdori 11,3 mlrd. so'mdan ortdi va bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko'p demakdir. 
    2017 yilning boshiga Kompaniyaning jami investitsiya portfeli 50,7 mlrd. so'mdan ortdi, o'tgan yilga nisbatan o'sish 112,2% ni tashkil etdi. Investitsiya qo'yilmalarining asosiy qismi bank depozitlari, aksiyalar va ko'chmas mulkka to'g'ri keladi. 
    Kompaniya aktivlarining keskin o'sishi ham kuzatildi. Agar 01.01.2017 yil holatiga ularning hajmi 55,6 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 01.01.2018 yil holatiga ushbu ko'rsatkich 64,4 mlrd. so'mga yetdi. Aytish joizki, aktivlarning o'tgan davrga nisbatan sezilarli darajada o'sishi Kompaniyaning qisqa muddatli investitsiyalarining o'sishi hisobiga ta'minlangan. 
    Kompaniya o'zlik mablag'lari majburiyatlardan 13,9 barobar ko'p. Bu o'z navbatida Kompaniya tomonidan o'z majburiyatlarini to'liq va o'z vaqtida bajara olish imkoniyati mavjudligidan dalolat beradi. 
    Bugungi kunda, Kompaniyaning 1 380 so'm qiymatga ega bir dona aksiyasi 8 325 so'm miqdoridagi aktiv bilan ta'minlangan. 
    Shu bilan birga Bosh direktor o'z chiqishida Kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil uchun Biznes-rejasining asosiy parametrlarini aksiyadorlarga taqdim etadi.
    Aksiyadorlar Kompaniya bosh direktori hisobotini tasdiqladilar, Kompaniyaning 2017 yildagi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar hamda Kompaniyaning 2018 yil uchun faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini ma'qulladilar. 
    Shuningdek, Kompaniyaning taftish komissiyasi va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosalari tinglandi. Tekshiruvlar natijasida Kompaniyada buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish bo'yicha hech qanday xato-kamchiliklar aniqlanmaganligi ta'kidlandi.
    Shuningdek, Kuzatuv Kengashi va Taftish Komissiyasining yangi tarkibi saylandi. 
    Yig'ilishda aksiyadorlar Kompaniyaning 2017 yil uchun yillik hisoboti, 2017 yil uchun sof foyda taqsimoti, Kompaniya affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlar, Kompaniyaning joriy xo'jalik faoliyati bilan bog'liq tuzilishi kutilayotgan yirik bitimlar hamda homiylik va beg'araz yordam ko'rsatishning chegaraviy miqdorlarini tasdiqladilar. 
    Aksiyadorlar, shuningdek, “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati Kuzatuv Kengashi a'zolari, Taftish komissiyasi, Ijro organi va mehnat jamoasini moddiy rag'batlantirish Tartibini yangi tahrirda, hamda Kompaniya tashkiliy tuzilmasini ko'rib chiqdilar va tasdiqladilar. Кузатув Кенгаши аъзолари, Тафтиш комиссияси, Ижро органи ва меҳнат жамоасини моддий рағбатлантириш Тартибини янги таҳрирда, ҳамда Компания ташкилий тузилмасини кўриб чиқдилар ва тасдиқладилар.
    Yig'ilishda umumiy aksiyadorlar yig'ilishi kun tartibiga qo'yilgan boshqa masalalar ham ko'rildi. Kun tartibida ko'rilgan masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
    2016 yilning 1iyunida “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ОАV vakillari uchun “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi 20 yilligiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
    Unda Kompaniya Bosh direktori Toxirjon Iminov hamda uning o'rinbosari Farrux Xasanovlar ishtirok etishdi.
    So'zga chiqqanlar bugungi kunda O'zbekiston sug'urta xizmatlari bozori milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib borayotganligini alohida ta'kidlab o'tishdi. Bozorda ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlar nafaqat undagi mavjud yuqori salohiyat, balki eng avvalo davlat tomonidan ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil siyosat bilan izohlanadi. Bu borada so'nggi yillarda mamlakatimizda qator qonunlar, Prezidentimiz farmonlari va qarorlari hamda Hukumat qarorlari qabul qilindi. Sug'urta tarmog'ida amalga oshirilayotgan islohotlar uni yanada takomillashishiga turtki bo'lib, sug'urta munosabatlarining barcha ishtirokchilariga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.
    “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasining tashkil topishi va rivojlanishi O'zbekistonda bozor o'zgarishlarining barcha bosqichlarini o'zida mujassamlashtirganday, Kompaniyaning bugungi holati biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz rahbarligida O'zbekistonda yaratilayotgan shart-sharoitlarning mahsuli hisoblanadi.
    “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi 1996 yil O'zbekiston axborot-kommunikatsiya sub'yektlari faoliyatini ishonchli sug'urta himoyasi bilan ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. O'tgan davr mobaynida Kompaniya soha korxona va tashkilotlarini iqtisodiy va moliyaviy xavfsizligini ta'minlashda o'zini ishonchli hamkor sifatida namoyon eta oldi. Kompaniya sohaga xos yuqori texnologik risklarini sug'urtalashda katta tajriba to'pladi va AKT korxonalarida iqtisodiy xavf-xatarlarni boshqarish va bartaraf etish tizimini shakllantira oldi. Kompaniyaning yuqori texnologik jarayonlar bilan bog'liq qaltisliklar bilan ishlay olishi mamlakat sug'urta xizmatlari bozorida yetakchi o'rinlardan birini egallash imkonini bermoqda.
    Bu yil “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi tashkil topganiga 20 yil to'lmoqda. O'tkazilgan matbuot anjumanining maqsadi ham keng ommani Kompaniyaning 20 yil faoliyati davomida erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
    Matbuot anjumanida “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi faoliyati taqdimoti o'tkazilib, Kompaniyaning erishgan natijalari, ustivor jihatlari hamda o'ziga xos xususiyatlariga alohida to'xtalib o'tildi.
    O'tgan davrning muhim natijasi shuki, Kompaniya bugungi kunda O'zbekiston sug'urta bozorida o'zining mustahkam o'rnini egalladi. Bunga biznesni kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan muvaffaqiyatli strategiyaning amalga oshirilishi sabab bo'ldi. Ta'kidlash lozimki, Kompaniya o'z faoliyatini atigi 10 mln. so'mlik kapital bilan boshlab, hozirgi kunda uning aktivlari 43 mlrd. so'mga yetdi, shakllantirilgan ustav kapitali esa 3.8 mln. yevroga ekvivalent summani tashkil qiladi.
    Kompaniya “SAIPRO” reyting agentligi tomonidan berilgan “uzA+ - o'ta yuqori moliyaviy ishonchlilik” reytingiga ega. Bundan tashqari, Kompaniya faoliyati mustaqil ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, “Sug'urta faoliyatini o'sish sur'ati bo'yicha peshqadam” va “O'zbekistonning yetakchi sug'urta tashkiloti” kabi yuqori nominatsiyalar bo'yicha mukofotlarga loyiq deb topilgan. Kompaniya tomonidan bunday yutuqlarni qo'lga kiritishi uning nufuzidan dalolat beradi.
    Bugungi kunda Kompaniya O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining litsenziyasiga muvofiq umumiy sug'urta tarmog'idagi 13 ta klass bo'yicha sug'urta xizmatlarini ko'rsatmoqda. kompaniyaning sug'urta mahsulotlari soni 60 dan ortiq, shundan 7 tasi majburiy sug'urtaga taalluqli. Kompaniya innovatsion sug'urta mahsulotlarini yaratish va joriy qilishga aohida e'tibor qaratib kelmoqda. Kompaniya tomonidan yaratilgan quyidagi ikki yirik innovatsion sug'urta mahsulotini alohida ta'kidlash lozim:
    1. Vencher loyihalarini sug'urtalash, bunda yangitdan yaratilayotgan innovatsion loyiha va texnologiyalari sug'urta himoyasi bilan ta'minlanadi.
    2. Axborot risklarini sug'urtalash. Ushbu mahsulot bo'yicha elektron va kompyuter hujumlari va jinoyatlari natijasida axborotni yo'qolishi, yo'q qilinishi yoki nobud bo'lishi, elektron ko'rinishdagi qimmatli qog'ozlar va pul mablag'larining yo'qolishi bilan bog'liq zararlar qoplanadi. Ta'kidlash lozimki, mazkur sug'urta mahsuloti sug'urta hamjamiyati tomonidan yuksak baholanib, Kompaniya ikki marotaba “Eng yaxshi innovatsion sug'urta mahsuloti” nominatsiyasida sug'urta sohasidagi “Oltin Soyabon” mukofoti bilan taqdirlangan.
    Shu bilan birga Kompaniya aholining turli qatlamlariga mo'ljallangan ijtimoiy maqomdagi sug'urta mahsulotlarini joriy qilish borasida izchil faoliyat yuritmoqda. So'ngi yillarda Kompaniya tomonidan oilani sug'urtalash bo'yicha “Qadrdonlarim”, yosh bolalarni sug'urtalash bo'yicha “Bolajon”, yosh oilalarni sug'urtalash bo'yicha “Baxt”, keksa yoshdagilarni sug'urtalash bo'yicha “E'zoz”, ona va bolani sug'urtalash bo'yicha “Ona va bola”, ixtiyoriy tibbiy sug'urta, fuqarolarga tegishli uy-joylarni sug'urtalash bo'yicha “Mulkdor”, avtotransportning alohida qismlarini sug'urtalash bo'yicha “KASKO-Komplekt”, savdo majmualarini sug'urtalash bo'yicha “Savdo majmuasi”, abituriyentlarni sug'urtalash bo'yicha “Abituriyent”, OO'Y talabalarining to'langan kontrakt summalarini sug'urtalash va boshqa ko'plab sug'urta mahsulotlari joriy qilindi.
    Mijozlarga xizmat ko'rsatishning zamonaviy tizimini joriy qilish maqsadida, Kompaniya O'zbekiston sug'urta bozorda birinchi bo'lib, sug'urta polislarini mobil banking tizimi orqali onlayn sotuvi bo'yicha “eshop.alskom.uz” elektron do'konini ishga tushirdi. Ushbu tizim sug'urta qildiruvchilarga Kompaniya saytida ariza-anketani to'ldirib, hech qanday qiyinchiliksiz, sug'urta polisi uchun to'lovni elektron to'lov tizimi orqali amalga oshirib, qisqa muddatlarda kuryer orqali sug'urta polisini olish imkonini beradi.
    Bundan tashqari, Kompaniyada sug'urtalanuvchilarni transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish polisi muddati tugayotganligini ogohlantiruvchi SMS-xabarnoma tizimi amal qilmoqda.
    Kompaniya diversifikatsiyalashgan mijozlar bazasiga ega. Uning tarkibiga AKT sohasi korxonalari, Respublikamiz hududiida faoliyat yuritayotgan yirik tashkilotlar, qo'shma va xorijiy korxonalar, moliya-kredit institutlari kiradi. Kompaniya sug'urta portfelida jismoniya shaxslarning ulushi tobora ortib bormoqda. Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan sug'urta shartnomalarining asosiy qismi “O'zbekiston pochtasi” AJ bilan faol hamkorlik hisobiga ta'minlangan. Mazkur hamkorlik doirasida Kompaniya pochta bo'limlari orqali O'zbekistonning barcha hududida, asosan olis hududlardagi qishloqlarda keng ko'lamdagi sug'urta xizmatlarini ko'rsatmoqda. Bu aholida sug'urta xizmatlariga bo'lgan qiziqishning ortishi sababli Kompaniyada mikrosug'urtaning rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
    O'z oldiga sifatli va tezkor xizmat ko'rsatishni maqsad qilib qo'ygan holda, Kompaniya asosiy e'tiborni hududiy tarmoqni yanada kengaytirish va rivojlantirishga qaratmoqda. Bugungi kunda Kompaniya hududiy tarmog'i Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarda joylashgan 15 ta filial, 100 ga yaqin bo'linma va olis hududlardagi qishloq joylarda joylashgan qator sotuv shahobchalaridan iborat. Hududiy tarmoq Kompaniya faoliyatining asosiy bo'g'iniga aylanib ulgurdi. Hududiy tarmoq Kompaniya faoliyatining asosiy bo'g'iniga aylanib ulgurdi, hududiy filiallarning Kompaniya bo'yicha yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmidagi ulushi 85%dan pasaymay kelmoqda.
    20 yil davomida Kompaniya tomonidan 2,2 mln. dona sug'urta shartnomalari rasmiylashtirildi, ular bo'yicha yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 120 mlrd. so'mdan ortdi, olingan sug'urta javobgarligi 26,5 trln. so'mni, to'langan sug'urta qoplamalari esa 10 mlrd. so'mni tashkil etdi.
    Bugungi kunda Kompaniya sug'urta hodisalarini bartaraf etishning takomillashgan tizimiga ega. Buni yuz bergan sug'urta hodisalari bo'yicha arizalarni kechayu-kunduz qabul qilish, shuningdek, sug'urta hodisasi joyiga o'z vaqtida chiqish, tekshiruvdan o'tkazishni ta'minlaydigan ixtisoslashgan assistans xizmatining mavjudligi tasdiqlamoqda. Sug'urta qoplamalari hajmining o'sish sur'ati sug'urta mukofotlarining o'sish sur'atiga nisbatan ancha ildamlab borayotganligi kuzatilmoqda va bu Kompaniya tomonidan sug'urta hodisalarini bartaraf etishga alohida e'tibor qaratayotganligidan dalolat beradi.
    O'tgan davr mobaynida Kompaniya barcha tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnik ta'minotini kuchaytirish borasida faol ish olib bordi. Bugungi kunda bosh ofis bilan bir qatorda Kompaniyaning 11 ta filiali va 6 ta bo'linmasi Kompaniya xodimlari va mijozlari uchun barcha qulayliklarga ega binolar bilan ta'minlangan. Kompaniyaning ko'chmas mulkini shakllantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar Kompaniyaning likvid aktivlarini ko'payishiga, mijozlarga xizmat ko'rsatish darjasini oshishiga, qo'shimcha xizmatlarni yaratishga, shuningdek, ijara to'lovi xarajatlarini qisqarishiga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, Kompaniyaning barcha tarkibiy tuzilmalari faoliyat yuritish va mijozlarga tezkor xizmatni ko'rsatish uchun zarur uskunalar va xizmat avtotransportlari bilan ta'minlangan. Olis qishloq joylarda bank kartalari orqali to'lovni amalga oshirish uchun terminallar bilan jihozlangan avtotransportlar biriktirilgan "Sug'urta polislarini sotish bo'yicha sayyor guruhlar" faoliyat yuritmoqda.
    Sug'urta faoliyatining rivojlanishi Kompaniya investitsiya salohiyatini orttirmoqda. Shu sababli Kompaniya faol tarzda bo'sh pul mablag'larini investitsiya resursi sifatida qimmatli qog'ozlar, bank depozitlari va AKT sohasiga aloqa tizimlarini modernizatsiyalash uchun yo'naltirmoqda. 2016 yil 1 yanvar holatiga Kompaniyaning jami investitsiya mablag'lari 36 mlrd. so'mdan oshdi. Depozit va aksiyalarga qo'yilgan investitsiya mablag'lari Kompaniyaga nafaqat foiz va dividendlar ko'rinishida daromad keltiradi, balki bank sug'urtasi bo'yicha sug'urta tushumlarini ham ta'minlaydi.
    Umuman, 20 yil muddat ichida “ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi kichikkina keptiv sug'urta tashkilotidan O'zbekistonning yirik universal sug'urtalovchilaridan biriga aylandi. Hozirda Kompaniya yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi, sotilgan sug'urta polislari soni, mijozlar soni, hududiy bo'linmalar soni, moddiy-texnik ta'minoti va boshqa bir qator ko'rsatkichlar bo'yicha O'zbekistonning nodavlat sug'urta tashkilotlari orasida yetakchi o'rinni egallab kelmoqda. 
    Kompaniyaning mazkur yutuqlari, bir necha avlod xodimlar va rahbariyatining hamjihatlikdagi faoliyati, yuqori malaka va ijodiy salohiyati mahsulidir. 
    Ishonch bilan aytish mumkinki, bugungi “ALSKOM” brendi O'zbekistonning yetakchi sug'urta kompaniyalari bilan raqobat qilishga qodir, biznesning barqarorligi va ishonchning ortib borishi esa uning O'zbekiston sug'urta bozorida tan olinganligini ifodalaydi.
    Kompaniyaning moliyaviy va intellektual salohiyatining mavjudligi istiqbolga qo'yilgan maqsadlarga erishish va Kompaniyani O'zbekiston sug'urta bozorining professional qatnashchisi sifatida yetakchi o'rinlarga chiqishini ta'minlaydi.
    Matbuot anjumani yakunida OAV vakillarining savollariga javoblar berildi. Unda OAV vakillari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olish imkoniga ega bo'lishdi.



    Download 50,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 50,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkent state university of economics mustaqil ish

    Download 50,98 Kb.