- §. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI EVOLYUTSIYASI




Download 1,79 Mb.
bet41/109
Sana18.01.2021
Hajmi1,79 Mb.
#13041
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
3.5 - §. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI EVOLYUTSIYASI
Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqich-lari. XIX asrning ikkinchi yarmigacha axborot texnologiyasining asosini pero, siyoxdon va buxgalteriya daftari tashkil etgan. Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasmiy hujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi. Axborotni qayta ishlash mahsuldorligi o‘ta past bo‘lib, har bir xat alohida, qo‘lda ko‘chirib olingan. Qaror qabul qilish uchun bir-biriga qo‘shiladigan hisob-kitobdan boshqa axborot ham bo‘lmagan.

«Qo‘l» axborot texnologiyasi o‘rniga XIX asr oxirida «mexanik» texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bular bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so‘ng ish mahsuldorligida sezilarli o‘zgarishlar yuz berishiga zamin bo‘ldi. Mohiyatan, mexanik tex-nologiya mavjud muassasalarda tashki-liy tarkibining shakllanishiga yo‘l ochib berdi. XX asrning 40 - 60 – yillarida «elektr» texnologiyasi paydo bo‘lib, u yechib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv mashin-kalari, oddiy qog‘ozdan foydalanuvchi nusxa ko‘chirish mashinasi, porta-tiv diktafonlardan iborat edi. Aynan shu vositalar hujjatlarni qayta ishlash sifati, soni va tezligini oshirish hisobiga boshqarish faoliyati yaxshilandi. Ko‘pgina zamonaviy muassasalar «elektr» texnologiyasiga asoslangan.

60-yillarning ikkinchi yarmidan esa «elektron (yoki «kompyuter») texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotning shaklini emas, mazmunini o‘zgartirishga urg’u berila boshlandi.

Ma’lumki, boshqaruvning axborot texnologiyasi axborotni qayta ishlash bo‘yicha eng kamida quyidagi muhim uchta tarkibiy qismga ega bo‘lishi lozim: hisobga olish, tahlil va qaror qabul qilish. Bularni kompyuterlarda amalga oshirish tobora murakkablashib bormoqda. Chunki, o‘zida sanoqsiz ma’lumotlarni jamlagan «qog‘ozlar dengizi» tobora kengayib bormoqda.





Download 1,79 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Download 1,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- §. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI EVOLYUTSIYASI

Download 1,79 Mb.