- r a s m. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi




Download 1,79 Mb.
bet38/109
Sana18.01.2021
Hajmi1,79 Mb.
#13041
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
1.13 - r a s m. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi ishtirokchilarining

o‘zaro munosabatlari chizmasi.

Interaktiv xizmatlar axborot faoliyatiga nisbatan ancha keng ko‘lam-dagi masalalar bilan shug‘ullanadi va axborot-kommunikasiyalar biznesi-ning yadrosini tashkil etadi. Ular o‘z faoliyatini nafaqat axborot resurslari, balki informatika industriyasining texnik, dasturiy, uslubiy vositalarini ishlab chiqish va sotish, marketing faoliyati, tovarlariga bo‘lgan narxlash-tirish siyosatini ishlab chiqish hamda iste’molchilarning individual talab-larini qondirishta yo‘naltiradi. Interaktiv xizmatlar tarkibiga axborot faoli-yatining ko‘makchi omil sifatida kiritilishi uning axborot resurslarini ish-lab chiqish hajmini va bozordagi faoliyat chegaralarini yanada kengaytiradi.

Tadbirkorlikning ushbu shaklini tashkil etish va takomillash-tirish jarayoniga, jumladan iqtisodiy, tashkiliy va texnik omil-lar ham ta’sir ko‘rsatmoqda, xususan:


  1. Ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, inflyatsiya va boshqalar. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi sohasidagi ko‘pgina yetakchi firmalar Sharqni Yevropa va MDH bozorlariga kirib kelmoqda. Bu avvalambor, ushbu tadbirkorlik tovarlarining mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilishi natijasida ular tannarxining pastligi bilan izohlanadi. Ya’ni bunga kompetentli, yuqori saviyali professional mehnat resurslari hamda o‘rganilmagan va egallanmagan bozorlarimiz hisobiga erishilmoqda.

  2. Asosiy foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajalari bilan zamonaviy axborot – kommunikatsiyalari texnologiyalarining rivoj-lanib borish darajasining mos kelmayotganligi.

  3. Rivojlangan mamlakatlardan iqtisodiy jihatdan ortda qolish. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini ishlab chiqaruvchi-lar iqtisodiy sohadagi tanglikdan ziyon chekmoqda. Uning ilk ko‘ri-nishlaridan biri – bu sarmoyalar berish sharoitining qiyinlashib borishidir. Vujudga kelgan bunday sharoitda axborot-kommuni-katsiyalar biznesi tovarlariga bo‘lgan talab darajasini marketing tadqiqotlari orqali bilish ancha mushkul bo‘lib qoldi. Byudjet tomonidan moliyalashtirish va o‘z mablag‘ini jalb qilishga tavakkal qila oladigan yirik sarmoyadorlarning yo‘qligi ham bu sohani tadqiq etishga tusqinlik qilmoqda.

  4. Axborot-kommunikatsiyalar bozori infratuzilmasining yo‘qli-gi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari savdosini kuzatib borishni yuqori saviyada tashkil qilish imkoniyatiga ega emas, chunki ular ko‘pchiligining asosiy vazifasi mahsulotni tezda sotib yuborishdan iborat.

Axborot mahsulotlari milliy iqtisodning turli sohalaridagi ishlab chi-qarish jarayonlariga jiddiy ta’sir etuvchi asosiy omillardan biriga aylanib borayotgani fakt. Shuning uchun ham axborot mahsulotlari sohasi bilan shug‘ullanayotgan korxonalarni tashkil qilish shakli va ularni moliyalash-tirishning darajasi qanaqa bo‘lishi kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Jahon tajribasining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday korxona ushbu shakllaridan biri – bu «kichik venchur» firmalaridir. AQSHda kompyuter dasturlarini ishlab chiqaruvchi 98 % dan ortiq firmalar faoliyati «kichik biznes» turiga kiradi va ularning har birida ko‘pi bilan 500 nafar kishi ishlaydi. AQSHning yuqori texnologiyalar sohasini aynan kichik biznes boshqarmoqda.

Interaktiv xizmatlar taklif etayotgan tovarlar turi judayam keng (1.14-rasm). Shu bois uchun ham ularni shakllantirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar jalb qilish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Chunki ular faoliyatining ko‘pgina yo‘nalishlari davlat manfaatlari bilan bog‘lanib ketgan. Undan tashqari interaktiv xizmatlar tovarlarni eksport qilish davlat byudjetiga yanada ko‘proq. valyuta kelib tushishini ta’minlaydi.



Tadqiqotlarimiz interaktiv xizmatlarni tarkib toptirish uchun quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatmoqda:

  1. interaktiv xizmatlarini tashkil etish umumiy xrllarda jahon amaliyotida tubdan farq qilmasligi kerak. Ya’ni, an’anali faoliyatdan maqsadga yo‘naltirilgan axborot xizmatlarining turli rejimlariga o‘tish asosida foydalanuvchilar talabini kompleks qondirish zarur. Bunday sharoitlarda interaktiv xizmatlarning foydalanuvchilar bilan o‘z tovarlariga bo‘lgan talab darajasini belgilash, bozor strategiyasini ishlab chiqish va yangi mahsulotlarni yaratishda foyda-lanuvchilarning ehtiyoj dinamikasini oddindan bilish maqsadida faol muloqotda bo‘lish talab etiladi;







Download 1,79 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




Download 1,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- r a s m. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi

Download 1,79 Mb.