• Xitoy tarixi yo’nalishi 4-kurs xitoy-ingliz guruhi talabasi
  • Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti qoshidagi Akademik Litseyda malakaviy amaliyot o'taganligi to'g'risidagi hisobot Xitoyshunoslik fakulteti xitoy tarixi yo'nalishi




    Download 9.42 Kb.
    Sana07.04.2023
    Hajmi9.42 Kb.
    #49313
    Bog'liq
    2 5375555156135914378
    3 Tarix fani o\'qitishning zamonaviy usullari to\'g\'risida ma\'lumotlar



    Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti qoshidagi Akademik Litseyda malakaviy amaliyot o'taganligi to'g'risidagi hisobot
    Xitoyshunoslik fakulteti xitoy tarixi yo'nalishi
    4- kurs talabasi Abdullayeva Mahbuba

    Toshkent 2022


    Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Xitoyshunoslik fakulteti
    Xitoy tarixi yo’nalishi 4-kurs xitoy-ingliz guruhi talabasi
    Abdullayeva Mahbubaning Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti qoshidagi Akademik Litseyda amalga oshirgan ilmiy-pedagogik amaliyotidan


    HISOBOTI

    Men Abdullayeva Mahbuba Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti qoshidagi Akademik Litseyda 14.11.2022 dan 27..01.2023 gacha o’z ilmiy-pedagogik amaliyotimni olib bordim.


    Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti qoshidagi Akademik Litsey 2018-2019-yillar davomida to’liq ta’mirdan o’tgan va hozirgi kunda 2068 ta o’qituvchi ta’li olmoqda , ularni 86 nafat malakali ustozlar o’qitib kelmoqda .


    Men Akademik Litsey ustozlari tomonidan berilgan nazariy bilimlarni qo’llagan holda dars jarayonlarini olib borganligim uchun pedagogik amaliyotimni o’tash vaqtida qiyinchiliklarga duch kelmadim.


    Amaliyotimning boshlanish ikki haftasi passiv jarayon bo’lganligi uchun o’qituvchilar tomonidan olib borilgan O’zbekiston tarixi,Jahon tarixi va xitoy tili kabi fanlardan olib borilgan dars jarayonida ko’plab tajribali pedagoglarning darslariga kirdim va dars jarayonini kuzatib bordim . Shu bilan birga, pedagogning qay darajada bilimga ega bo’lishi kerakligini , dars jarayonida o’zini qanday tutishi kerakligini , darsni qanday olib borish kerakligini ,qiziqarli dars metodlari xususida o’zimga kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim .


    Shuningdek , Akademik Litsey o’quvchilari bilan turli mazmunli tadbirlar tashkillashtirish jarayonida ular bilan yaqindan tanishdim , ularning qiziqishlarini o’rgandim.


    Shu asnoda , keying ikki haftada aktiv dars jarayonida o’zimda mavjud bilim va ko’nikmalarga tayangan holda o’quvchilarga tarix va xitoy tili fanidan dars berdim.


    Darslarni zamonaviy usullarda olib bordim . Dars jarayonida klister, BBB texnologiyasi , baliq skleti , Venn diagrammasi ,idrok xaritasi kabi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalandim . O’quvchilar qiziqib tinglashlari va xotirada yaxshi saqlab qolishlari uchun yuqoridagi pedagogik texnologiyalardan foydalanganim yaxshi samara berganligini dars jarayonida kuzatdim.


    O’ylaymanki , ushbu qo’llagan texnologiyalarim o’quvchilarga manzur bo’ldi. Amaliyot davomida menga yaqindan yordam bergan ustozlarimga minnaddorchilik bildiraman.


    Sana 25.01.2023

    Amaliyotchi talaba : Abdullayeva.M




    Amaliyot rahbari : Saidov S.R.
    Download 9.42 Kb.




    Download 9.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti qoshidagi Akademik Litseyda malakaviy amaliyot o'taganligi to'g'risidagi hisobot Xitoyshunoslik fakulteti xitoy tarixi yo'nalishi

    Download 9.42 Kb.