|
Antigen tuzilishi va chidamliligi
|
bet | 2/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #242703 |
Bog'liq Mikrob mustaqilAntigen tuzilishi va chidamliligi. - О -, K - va H-antigenlart bor.
- O-antigen somatik, haroratga chidamli, shuning uchun 100°S da qaynatilganda va avtoklavda agglutinatsiyaqilish xususiyatini yo'qotmaydi.
- K-antigen yuza joylashgan bo'lib, haroratga chidamsiz B -, L - va haroratga chidamli A-a-ntigenlardan tashkiltopgan.
- H-antigen xivchinda joylashgan bo'lib, oqsildan iborat, termolabil tip maxsuslikka ega.
- dezinfeksiyalovchi eritmalar: 5% li fenol, 3% li xloramin eritmasi ta’sirida bir necha daqiqada o'ladi.
- 55°C gacha qizdirilganda 1 soat, 6 0 ’C da esa 15 daqiqada nobud bo'ladi.
Patogenezi - esherixiylar shartli-patogen mikroorgan izmlardir.
- oddiy sharoitda yashab kasallik qo'zg'atmaydigan odam uchun foydali (kommensal) turlari mavjud.
- tif, paratif, ichburug' va ichakda yiring paydo qiladigan turi bakteriyalarga nisbatan antagonistdir.
- asosan, koli-enterit kasalligining qo'zg'atuvchisi hisoblanadi.
- infeksiya manbai bemor va bakteriya tashuvchilardir.
- patogen mikrob alimentar y o i bilan, ba’zan bilvosita aloqa, havo-tomchi va chang orqali yuqadi. Asosiy yuqish yo'li fekal-oral, bunda odam ifloslangan oziqovqat, suv orqali kasallanadi.
- vabosimon kasallik qo'zg'atuvchilari enterotoksin ajratadi. Bu esa xolerogenga o'xshash adenilsiklazaning faolligini oshiradi, natijada siklikadenozinmonofosfat (S AMF) to'planadi va ichak epiteliylarining o'tkazuvchanligi buzilib, o‘tkir ich ketishi ro‘y beradi. Haroratga chidamli enterotoksin guanilsiklazani kuchaytirib SAMF hosil qiladi.
Laboratoriya tashxisi - Bakterioskopik: olinadigan biologik ashyo-najas.
- Bakteriologik
- Serologik
- Kolienterit va boshqa koliinfeksiyalarga mikrobiologik tashxis qo'yish uchun bemorning najasi, burun-halqumidan surtina, murdadan esa qon, o't, jigar, taloq, o'pka, ingichka va yo'g'on ichakdagi moddalar, yiring olib tekshiriladi. Tekshirilishi lozim bo'lgan material qattiq oziq muhitlarga (Endo, Levina va boshqalar) va qo'shimcha tif va paratiflar, ichburug' bakteriyalari o'suvchi Ploskirev, vismut-sulfit agarlarga ekiladi. Agar sepsisga gumon qilinsa, u holda qon avval buloraga, so'ng muvofiq qattiq oziq muhitga ekiladi. Ajratib olingan sof kulturani differensiatsiya qilish uchun uning morfologiyasi, o'sishi, biokimyoviy va serologik xususiyatlari tekshiriladi.
|
| |