|
O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
|
bet | 2/7 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 229,19 Kb. | | #269990 |
Bog'liq MAXSUS TAO‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsadi - bo‘lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarining, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini, faoliyati davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari, faoliyati davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish ko‘nikmalarini bajaradi.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Modul. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
mavzu. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari. Hayot faoliyati xavfsizligi tarkibiy qismlari va ularning tekshirish obyektlari. Hayot faoliyati xavfsizligi nazariy asoslari.
mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va meyoriy hujjatlar tizimi.
mavzu. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish
Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari. “Inson - muhit” tizimida inson omili.
mavzu. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik
asoslari
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari asosiy prinsip va usullari. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari. Ish joylarini estetik jihatdan jihozlash.
modul. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi
mavzu. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil
qilish
Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini mablag‘ bilan ta’minlash.
mavzu. Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini
tekshirish va o’qitish
Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish va qayta tayyorlash tizimi. Xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash ni tashkil qilish. Bilimlarni tekshirish va baholash tizimi samaradorligi.
mavzu. Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb
kasalliklari
Ishlab chiqarishda mehnat qobilyatini yo’qotilishi. Faoliyat jarayonida sodir bo’ladigan avariyalar. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari. H-1 shakldagi dalolatnomani to’ldirish tartibi.
mavzu. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi
meyorlari, mazmuni
Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlari, ularning inson organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishda mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish.
mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga
|
| |