• 3.6-rasm.
  • Uyumlarni (ishlatish ob’ektlarini) haydovchi quduqlar qatorlari bilan alohida bloklarga ajratib suv haydab




    Download 5.92 Mb.
    bet16/175
    Sana12.06.2022
    Hajmi5.92 Mb.
    #23498
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   175
    Bog'liq
    kon tex xiz
    PDF Scanner 01-03-22 11.38.42, 2 5256086199801482126, ATS-11-20 GURUH Baxromov.A (2), Ispring suite dasturi, privacy, Ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflar uchun matematikadan didaktik, 2- sinfga pisa testi, 3 3 2 В тоифадаги автотр т восит тузил, mehnat shartnomasi, 2. Korxona-iqtisodiyoti.-Oquv-qollanma.-S.Qosimov.-S.-2008, 3-тема Bolalik -insonning ijtimoiy hayot , Ma\'ruza-1, 3-amaliy ish., Mustaqil ish yuzi blankasi
    Uyumlarni (ishlatish ob’ektlarini) haydovchi quduqlar qatorlari bilan alohida bloklarga ajratib suv haydab ishlatish tizimi kengligi 5 km dan katta bo’lgan, chegarasidagi uchastkalar turli fizik-litologik va sizdirish xususiyatlariga ega bo’lishi mumkin bo’lgan uyumlar uchun qo’llaniladi. Odatda bunday uyumlar katta neft zaxiralariga ega bo’ladi. Bundan tashqari bu ishlatish tizimini o’lchamlari kichik, lekin jinslari ahamiyatli fatsial o’zgaruvchan, past sizdirish xususiyatlari bilan, qatlam neftining qovushqoqligi yuqori, uyum chegaralarida sizilish sharoitlari keskin yomonlashishi bilan tavsiflanadigan uyumlar uchun qo’llash mumkin.
    Bunda ishlatish ob’ektining maydoni haydovchi quduqlar qatorlari bilan 4-5 km kenglikdagi alohida bloklarga ajratiladi. Ajratish yo’nalishlari ishlatish ob’ektlarining litologik va fatsial tuzilishini umumiy qonuniyatlari hisobga olib tanlanadi ( 3.7- rasm).


    3.6-rasm. Xalqali qator bo’ylab suv haydash.
    Shartli belgilar 3.1-rasmda

    3.7-rasm. Uyumlarni bloklarga ajratib suv haydash.

    Shartli belgilar 3.1-rasmda


    Maydon bo’ylab suv haydab ishlatish tizimi qumtoshlar gilli jinslar bilan ahamiyatli darajada aralashgan va neftning qovushqoqlik ko’rsatkichi, o’tkazuvchanligi, gidroo’tkazuvchanligi va harakatchanligi ko’rsatkichi past, qatlamning qalinligi katta bo’lgan uyumlar (ishlatish ob’ektlari) uchun qo’llaniladi. Bir turli tuzilishga ega bo’lmagan uyumlarda haydalgan suv nisbatan o’tkazuvchan qatlamchalar orqali ketib qolishi mumkin, bu qazib chiqarish quduqlarini muddatidan oldin suvlanishiga olib keladi.
    Maydon bo’ylab suv haydash tizimlarida haydovchi quduqlar va qazib chiqarish quduqlari navbatlanadi va ular orasida ma’lum masofa saqlanadi. Qazib chiqarish va haydovchi quduqlarni joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud:

    1. Quduqlarni chiziqli joylashtirish sxemasi, bunda haydovchi quduqlar qazib chiqarish quduqlari qatorlari bilan navbatlanadi. Qazib chiqarish va haydovchi quduqlar albatta shoxmot tartibida joylashtiriladi. Qatorlardagi quduqlar orasidagi masofa bir vazifani bajaruvchi quduqlar qatori orasidagi masofadan farq qilishi mumkin;

    2. To’rt nuqtali sxema, bunda haydovchi quduqlar uchburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa uning markazida joylashtiriladi;

    3. Yitti nuqtali sxema neftning harakatchanligiga qarab tanlanadi, haydovchi quduqlar to’ĝri oltiburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi;

    4. Besh nuqtali sxema, bunda haydovchi quduqlar kvadratning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi;

    5. To’qqiz nuqtali sxema uyumning bir turligiga qarab tanlanadi, haydovchi quduqlar kvadratning uchlari va uning tomonlari o’rtasida joylashtiriladi, qazib chiqarish quduqlari esa markazida.


    Download 5.92 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   175




    Download 5.92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uyumlarni (ishlatish ob’ektlarini) haydovchi quduqlar qatorlari bilan alohida bloklarga ajratib suv haydab

    Download 5.92 Mb.