7
Ikkilamchi rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilarining
kimyoviy tarkibi bo„yicha guruh va markalarga, fizik xususiyatlariga
ko„ra - sinflarga va sifat ko„rsatkichlari bo„yicha nav (sort)larga
ajratiladi. Ikkilamchi rangli metallarni-fizik alomati-ularning qaysi
temir-tersakka, qism chiqindilariga, list kesimlariga, shlamlarga yoki
boshqa chiqindilarga tegishliligini aniqlaydi.
Rangli metallarning temir - tersaklari va chiqindilari to„rt sinfga
bo„linadi. Bu sinflarga quyidagi temir - tersaklar kiradi:
1)
A sinfga - temir-tersaklar va bo„lak-bo„lak (kuskovoy)
chiqindilar;
2)
B sinfga - qirindilar;
3)
C sinfga - kukunsimon (poroshkoobrazniy) chiqindilar;
4)
D sinfga – boshqa chiqindilar.