|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 8/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)1.6 - rasm. Manbani to’g’ri (a) va teskari (b) ulanishda potensal to’siqning o’zgarishi
Shuning uchun manba kuchlanishi ortishi bilan asosiy tashuvchilarning potensial to’siqni yengib o’tish ehtimolligi kamayadi va diffuzion tok nolgacha kamayadi. Lekin asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar uchun maydonning tezlantiruvchi ta’siri ortadi va ular kontakt sohasini kesib o’tishda davom etadi. Hosil bo’ladigan dreyf tokining kattaligi potensial to’siq kattaligiga bog’liq bo’lmay, asosiy tok tashuvchilarning miqdori bilan belgilanadi. Vaqt birligi ichida hajmda hosil bo’ladigan asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar soni o’zgarmas bo’lgani uchun potensial to’siqning ortishi faqat ularning tezligini oshirib, sonini o’zgarta olmaydi. Shunga ko’ra dreyf tokining ortishi uchun biror sababga ko’ra yangi asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar hosil bo’lishi kerak. Aks holda u to’yingan bo’ladi. Bunda hosil bo’ladigan tok teskari tok, qo’yilgan kuchlanishni esa, teskari kuchlanish deb ataladi. Demak, teskari ulanishda p-n- o’tishning qarshiligi yetarlicha katta bo’ladi. Uni teskari o’tish qarshiligi deb ataladi.
Manbaning qutblarini almashtiraylik, ya’ni p-sohaga musbat, n-sohaga manfiy qutb ulansin. Bunda kontakt sohasida tashqi manba hosil qilgan maydon kuchlanganligi vektori p-n- o’tishning xususiy maydon kuchlanganligi vektoriga qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi va natijaviy maydon kuchlanganligi kichrayadi. Bu potensial to’siqning kichrayishiga olib keladi va diffuziya toki ortadi (1.6v-rasm). Bunday ulanish to’g’ri ulanish deb ataladi. Hosil bo’ladigan tok to’g’ri tok, p-n o’tish qarshiligi esa, to’g’ri ulanish qarshiligi deyiladi.
P-n- o’tishda hosil bo’ladigan natijaviy tok quyidagicha ifodalanadi:
(1.4)
Bunda,
Io- teskari tokning to’yinish qiymati,
U - tashqi manba kuchlanishi,
e -elektron xarakteristikasi.
|
| |