|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 5/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)1.1-rasm. Kovalent bog’lanishning shartli belgisi
Bu kristallda erkin elektronlar yo’qligini aniq ko’rsatadi. Ularni hosil qilish (chiziqni uzish) uchun tashqi energiya berish kerak. Uni turlicha amalga oshirish mumkin. Masalan, kristallni qizdirish, yorug’lik nurini ta’sir ettirish va boshqalar.
Faraz qilaylik, kimyoviy sof germaniy kristali yetarli energiyaga ega bo’lgan zarralar bilan bombardimon qilinayotgan bo’lsin. Bu holda bog’lanish energiyasidan katta energiya olgan elektronlar bog’lanishni uzib, erkin elektronga aylanadi va o’z o’rnidan uzoqlashadi (1.2-rasm).
1.2- rasm . Elektron- kovak juftining hosil bo’lish modeli
Bunda atomning elektr jihatdan neytralligi buziladi va zaryadi elektron zaryadiga teng bo’lg’an musbat zaryad ortiq bo’lib qoladi. Bog’lanishdan chiqqan elektron bir vaqtda ikki atomga tegishli bo’ladi. Shuning uchun bir vaqtda ikki atomning qisman ionlanishi vujudga keladi. Bunda hosil bo’ladigan musbat zaryad bog’lanishda elektron yetishmasligini - bog’lanish yetishmovchiligi (defekti) ni ko’rsatadn. Uni kavak deb ataladi.
§1.4. p -n o’tish hodisasi
Yarim o’tkazgichli asboblarning ishlash prinsipi - p-no’tish degan hodisaga asoslangandir. U o’tkazuv- chanliklari turlicha bo’lgan yarim o’tkazgichlarni kon- taktga keltirish natijasida hosil bo’ladi. Lekin bunda yarim o’tkazgichlarning mexanik kontakti p-n o’tishni hosil qilolmaydi, chunki ular orasida ideal kontakt hosil qilish mumkin emas. Shuning uchun yagona yarim o’tkazgich kristali olinib, shartli ikki bo’lak deb qaraladi va ularda turli ishorali o’tkazuvchanlik hosil qilinadi. Shartli bo’laklar orasidagi yupqa qatlam kontakt sohasi deb qaraladi.
P-n o’tish hodisasini sifat jihatdan ko’rib chiqaylik. Faraz qilaylik. Germaniy (yoki kremniy) monokristalida turli ishorali o’tkazuvchanlik hosil qilingan bo’lsin. Oson bo’lishi uchun donor va akseptor moddalarning miqdorini bir xil deb hisoblaymiz. Unda turli ishorali tok tashuvchilarning miqdori ham teng bo’ladi (1.4-a rasm).
|
| |