• Fan bo’yicha talabalarning bilim, kunikma malakalariga qo’yiladigan talablar
  • Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika




    Download 7 Mb.
    bet4/180
    Sana16.01.2024
    Hajmi7 Mb.
    #138583
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
    Bog'liq
    Tashqi sarlavha (1)

    Fanning maqsad va vazifalari
    «Informatika” fani 1 semestr o`qitiladi. Bu vaqt oralig`ida talabalarga Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari, ofis dasturlarida ishlash, internetdan foydalanish, algoritmlar va dasturlash tillaridan foydalanish uchun zarur bo`lgan tushuncha va tayanch bilimlarni beradi. Fanni o’qitishdan maqsad zamonavuy xisoblash texnikasidan-kompyuterlardan yuqori darajada foydalanish maqorati va tegishli ma'lumotga ega bo’lishni talab qiladigan bozor iqtisodi sharoitida talabalarge etarli bilim berishdir. Shunga ko’ra “Informatika” fanini o’qitishdan maqsad zamonaviy kompyuter texnologiyalari asoslari, operatssion tizimlar, matn va grafik muqarrirlari, elektron jadvallar, Internet tizimi qaqida talabalarga mukammal bilim berish; yuqori darajadagi algoritmik tilda turli dasturlar tuzishga qamda kimyo-texnolog sifatida amaliyotda vujudga kelgan muammolarni kompyuterda tez va aniq bajarishga o’rgatishdan iboratdir.
    Fan bo’yicha talabalarning bilim, kunikma malakalariga qo’yiladigan talablar
    ” Informatika” fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr;
    - zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlari haqida ma'lumotlarga ega bo’lish va ulardan foydalana olish;
    - turli operatsion tizimlar haqida ma`lumotga ega bo`lish;
    - algoritmik tillarda mutahassislik masalalariga dastur tuza olish;
    - Elektron jadval, matn muharrirlari va taqdimot tayorlash dasturlarida ishlay olish;
    - ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida ma'lumotga ega bo’lish;
    - Internet tizimi imkoniyatlaridan foydalana oladi;
    - turli murakkablikdagi veb-sahifalarini yaratish;
    - Axborot texnologiyalari vositalaridan o`qish jarayonida va kelajakda o`zining kasbiy faoliyatida foydalanish;
    - Axborotni kiritish, saqlash, izlab topish va strukturalash, bir sistemaga tushirish, ommaviylashtirishga erishish;
    - Zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida o`z bilim darajasini boyitish va ayirboshlash imkoniga ega bo`lish haqida bilimga ega bo`lishi;

    Ko`nikmaga:


    - Zamonaviy kompyuterlarda axborotlarni qayta ishlash jarayonini to`la-to`kis o`zlashtirishni tashkil etish.
    - Mavjud OS vositasida axborotning barcha turlari bo`yicha hujjat tayyorlash va uni ustida ish yuritish texnologiyasini o`zlashtirish.
    - Elektron jadval yaratish va undan unumli foydalanish jarayonini o`zlashtirish.
    - Ma'lumotlar bazasini yaratish va uni boshqarish tizimi asosida ish yuritish texnologiyasini o`rgatish.
    - multimedia va tarmoqli axborot almashuv texnologiyasini o`rgatish.
    - Maxalliy va global kompyuter tarmoqlari bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilish.
    - Zamonaviy axborot texnologiyalarini jamiyatni rivoj-lantirishdagi muxim ahamiyati bilan tanishish, uni takomillashtirish va hayotning turli jabhalarida foydalana olish malakasiga ega bo`lisi kerak.
    Talabalar fanini o`rganish natijasida kompyuter texnologiyasi haqida to`liq tushunchaga ega bo`ladilar va kompyuter savodxonligiga jiddiy erishadilar. Axborot texnologiyalarini yanada chuqurroq o`zlashtirib ulardan foydalanish malakasi va ko`nikmalarini hosil qilishadi.



    Download 7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




    Download 7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika

    Download 7 Mb.