Olcha (malina) qiyomi texnologiyasi:
Tarkibi:
Qand qiyomi – 94,0
Olcha (malina) ekstrakti - 4,0
Etil spirti - 2,0
Texnologiyasi: chinni kosachaga 33,8 (36 qism) tozalangan suv solinadi va 60-700 C gacha isitiladi, qaynoq suvga 60,2 (64 qism) qand solinadi va aralashtiriladi. Qand eriganidan so’ng eritma ikki marta qaynatiladi (25 daqiqadan ko’p emas), bunda hosil bo’lgan ko’pik olib tashlanadi. Ko’pik hosil bo’lishi to’xtashi qiyom tayor bo’lishidan dalolat beradi.
Chinni kosachaga 94,0 qand qiyomi solinadi va ustiga 4,0 olcha (malina) ekstrakti solinib, aralashtiriladi. Qiyom issiq holda bo’z matosidan suzib o’tkaziladi. So’ng sovigan qiyomga 2,0 g 90% etil spirti qo’shib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan tiniq rangli qiyomning sifati baholanadi va jihozlanadi.
|