|
b) Suyuq kremlar takibida og‘ir metallar miqdorini aniqlash
|
bet | 363/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
b) Suyuq kremlar takibida og‘ir metallar miqdorini aniqlash. hajmi 100 ml stakanga 10,0 g suyuq krem solinib tortiladi. Namuna ustiga suyultirilgan nitrat kislotasi solinadi va suv hammomida 30 daqiqa qaynatiladi. Eritma filtrlanadi. Filtratning bir qismi 10% kaliy yodid bilan qaynatib, so‘ng tez sovitiladi. Eritmada qo‘rg‘oshin tuzlari bo‘lgan holda hosil bo‘lgan qo‘rg‘oshin yod kristallari cho‘kmaga tushadi.
Eritmaning ikkinchi qismida esa yuqorida keltirilgan usulda mishyak aniqlanadi.
v) Soch uchun suyuqliklar va losonlar tarkibida og‘ir metallar miqdorini aniqlash. 10 ml suyuq kosmetika mahsuloti chinni kosachaga solinadi va suv hammomida bug‘latiladi, so‘ng qoldiq kuydiriladi va mufel pechida qizdiriladi. Kuyidirilgan qoldik 10 ml 5% li nitrat kislotasida eritiladi va filtrlanadi. Filtrat ikki qismga bo‘linadi: filtratning bir qismida yuqorida keltirilgan usulda qo‘rg‘oshin tuzlari, ikkinchisida esa – mishyak tuzlari aniqlanadi.
|
| |