|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 361/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Nur sindirish ko‘rsatkichi refraktometrik usulda 200 S haroratda spektrning natriy chizig‘i bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun dastlab refraktometr prizmalariga suv tomizib, harorat 200 S gacha keltiriladi. So‘ng prizmalarga filtr qog‘oz lentsi yordamida bir tekis qilib aniqlanadigan mahsulot namunasi surtiladi. Nur-qorongilik chegarasi aniq to‘g‘rilab olinadi va ushbu chegara bilan sindirilgan nurning tutashish nuqtasi shkala yordamida aniqlanadi.
Qovishqoqlik har bir mahsulot uchun alohida belgilangan diametrga ega NILKa vorokasidan 100 ml mahsulot namunasining oqib tushish vaqtiga aytiladi. Pastki teshigi berkitilgan, aniq vertikal holatda joylashtirilgan voronkaga chetiga etgunichp yaxshilab aralashtirilgan mahsulot namunasi quyiladi. Voronkaning ichki qavatiga suv yuborilib, namunaning harorati aniq 200 S da ushlab turiladi. Voronka tagiga hajmi 100 ml li silindr qo‘yiladi. Mahsulot namunasining qovishqoqligini aniqlash uchun voronka krani va sekundomer bir vaqtda qo‘yib yuboriladi. Silindra oqib tushgan mahsulotning hajmi 100 ml etishi bilan, sekundomer to‘xtatiladi va oqib tushishga sarflangan vaqt hisoblanadi.
Izoh. Vazelin, yog‘li asoslar va kremlarning qovishqoqligi viskozimetrik usulda aniqlanadi. Buning uchun Ostvald-Piknevich (o‘lchov birligi - santistoks) yoki Engler viskozimetrida (o‘lchov birligi – Engler gradusida) aniqlanadi.
|
| |