Sochiluvchan va surtma holidagi mahsulotlar va etalon namunalari hidini organoleptik usulda aniqlash uchun 1-2 mm qalinlikda alohida shisha plastinkalarga surtiladi va hidlab ko‘riladi.
Izoh. Mahsudot va etalon namunalarni hidini o‘rganish uchun 0,2 ml dan o‘lchami 2x5 sm li dokaga surtib, so‘ng aniqlash ham mumkin.
Quruq ignabargli hidga ega preparatlarning hidini o‘rganish uchun 1,5 g quruq preparat 300 S haroratdagi 1000 ml suvda eritilganida aniq ignabargli ekstrakt hidi sezilishi lozim.
Sochiluvchan mahsulotda vodorod pH ko‘rsatkichini aniqlash. Sochiluvchan moddalarning suvli yoki spirtli eritmalarida muhit pH ni aniqlash uchun eritmaga fenolftalein yoki metiloranj indikatorlarini tomizish, shuningdek Davlat Farmakoeyasining XI-nashri, 1 jildida keltirilgan potensiometrik usuldan foydalanish mumkin.
Indikatorlar mahsulot eritmasiga qo‘shilganida pushti rang hosil bo‘lmasa yoki rang hosil bo‘lmaganda boshqa tajribalarda mahsulot eritmasiga indikator qo‘shib, uni 0,1 M ishqor (fenolftalen uchun) yoki 0,1 M kislota (indikator metiloranj) eritmalari bilan titrlansa, neytrallashga sarf bo‘ladigan titrli eritmaning hajmi 1-2 tomchidan oshmasligi kerak.
Namuna olish tartibi:
a) 5,0 g atrofidagi 0,01 g gacha aniqlikda tortilgan mahsulot tortmasi teskari sovitgich bilan ta’minlangan konussimon kolbaga solinadi, namuna ustiga 25 ml dastalb neytrallangan 96% li etil spirti solinadi va eritma 10 daqiqa suv hammomida qaynatiladi va alohida tajribalarda yuqorida keltirilgan indikatorlar qo‘shiladi.
b) 5,0 g atrofidagi 0,01 g gacha aniqlikda tortilgan mahsulot tortmasi teskari sovitgich bilan ta’minlangan konussimon kolbaga solinadi, namuna ustiga 25 ml tozalangan suv quyiladi va eritma 10 daqiqa suv hammomida qaynatiladi va sovitib, filtrlanadi. Filtratlar ikki qismga bo‘linib, alohida tajribalarda ajratilgan namuna eritmasining qismlarida yuqorida keltirilgan indikatorlar qo‘shiladi.
Izoh. 1. Xushbo‘y glitserinda aniqlash mahsulotning o‘zida bajariladi.
2. Natriy tetraborat glitserin eritmasida kislotali muhit hosil qilishini esda tutish lozim.
|