|
O‘zbekiston respubilkasi
|
bet | 1/144 | Sana | 16.03.2017 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #171 |
O‘ZBEKISTON RESPUBILKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
FUQAROLIK PROTSESSUAL
HUQUQI
I-qism
(uslubiy qo‘llanma)
5380100 - “Yurisprudentsiya”
ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand davlat universiteti
o‘quv-uslubiy Kengashi majlisining
2008-yil 6-oktyabrdagi 1-son
qaroriga ko‘ra nashrga tavsiya etilgan.
Samarqand – 2009
Fuqarolik protsessual huquqi. Uslubiy qo‘llanma. – 1-qism. SamDU nashri, 2009. – 100 bet.
Mazkur uslubiy qo‘llanma umumkasbiy fanlar blokiga kiradigan mutaxassislik fani hisoblanadi. Ushbu fan bo‘yicha manbalar TDYUI, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi tomonidan chop etilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar mavjud. Bundan tashqari bizning fakultetda ushbu fan bo‘yicha talabalarga ma’ruza matni, o‘quv dasturlari, tarqatma materiallar hamda elektron darsliklar mavjud. Lekin bugungi kunda protsessual huquqlarning murakkablashib borishi mazkur turdagi qo‘llanmalarni yangi qonun hujjatlari asosida takomillashtirib borishni talab qilmoqda.
Uslubiy qo‘llanma mazkur fan bo‘yicha amaldagi o‘quv dasturi asosida tayyorlandi.
Ushbu ishda muallif yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual huquqi fanining umumiy qismini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy manbalarni puxta o‘zlashtirishlari, ularda ushbu fan bo‘yicha puxta bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash va chuqur bilim olishlari uchun manba sifatida tavsiya etilmoqda.
|
| |