O‘zbekiston respubilkasi




Download 1,21 Mb.
bet9/144
Sana16.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#171
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144
3. Odil sudlovning saylangan va tayinlangan sudyalar tomonidan amalga oshirilishi printsipi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga ega bo‘lgunga qadar sudyalar saylanishi asosida faoliyat ko‘rsatar edilar. Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik sudi, qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudidan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, viloyat xo‘jalik sudlari, Toshkent shahar sudi va Xo‘jalik sudi, tuman, shahar sudlaridan iborat tuziladigan bo‘ldi. Agar muqaddam Respublika Oliy sudi, sudyalari Oliy Sovet sessiyasida viloyat va Toshkent shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari, a’zolari tegishli xalq deputatlari Sovetlari tomonidan besh yil muddatga saylanadigan bo‘lsalar, endilikda bu qoidaga o‘zgartirish kiritilib, viloyat, Toshkent shahar va tuman sudlari Prezident tomonidan tayinlanadigan bo‘ldi.

Muqaddam tuman, shahar sudyalarini yuqori Sovetlar tomonidan saylanishi tartibi amaliyotda ijobiy natija bermayotganligi to‘g‘risida huquqShunoslar yuridik adabiyotlarda o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilgandilar. Ayrim sobiq sovet xodimlari va deputatlarning sudya tanlash ishlariga asossiz ravishda aralashuvlari agar ularning talablari bajarilmasa, “sudyani saylashda qarshi ovoz berajaklari haqida” ko‘p dalillar bo‘lgan va bu haqda matbuotlarda ham berilgan. Bunday nuksonlarni bartaraf etish va sud hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Konstitutsiyaning 93-moddasini 10-11-bandlarida Oliy Majlisga Prezident Konstitutsiyaviy sud Raisi va sudyalarini, Oliy sud Raisi va sudyalarini, Oliy Xo‘jalik sudi Raisi sudyalarini taqdim etishligi viloyat, tuman, shahar, xo‘jalik sudyalarining sudyalarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etishga haqli ekanligi to‘g‘risida ko‘rsatilgan. Bunday vakolatning Prezidentga berilishi nihoyatda to‘g‘ri va adolatli bo‘lib, bu o‘zbek davlatchilik tarixidan ma’lum, masalan, qo‘qon xonligida qozi kalon va boshqa qozilar bevosita xon tomonidan tayinlangan. Demak, bunday qoidaning Konstitutsiyaga kiritilishini davr talabi deb qaralmog‘i lozim.

«Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda sudyalarni saylash, tayinlashda nomzodlar masalasiga ham qator yangiliklar kiritigan. Bunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 25 yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma’lumotli, huquq ixtisosi bo‘yicha kamida ikki yillik mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan, malaka ixtisosini topshirgan fuqarolar tuman (shahar) sudi, Xo‘jalik sudi sudyasi etib tayinlanishi; oliy yuridik ma’lumotli, huquq ixtisosi bo‘yicha kamida besh yillik, Shundan sudyalik lavozimiga kamida ikki yillik ish faoliyatga ega bo‘lgan, malaka imtixonini topshirgan fuqaro qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar sudyasi va Toshkent shahar Xo‘jalik sudi sudyasi etib tayinlanishi; agar oliy yuridik ma’lumoti bo‘lib huquq sohasida kamida etti yillik, shu jumladan, sudyalik lavozimida kamida besh yillik mehnat faoliyati bo‘lib, malaka imtixonini muvaffaqiyatli topshirgan nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy Xo‘jalik sudiga sudya etib saylanishlari muhim talablaridandir.

Mustaqil Respublikamiz o‘zining qurolli Kuchlariga, alohida Mudofaa vazirligiga, ega bo‘lganligi tufayli harbiy sudlarni ham tashkil etish lozim bo‘ldi. Shuning uchun bu to‘g‘rida qonunda alohida ko‘rsatildi. Jumladan, harbiy sudya etib tayinlash uchun haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, ofitserlik tarkibidagi harbiy unvonga ega bo‘lgan, yuqorida qayd etilgan talablarga javob beruvchi O‘zbekistonning fuqarosi bo‘lishi mumkin.

Bulardan tashqari «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda harbiy sudlar sudyalarini O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonuni, harbiy nizomlar, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan va mazkur qonunda ko‘zda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoya choralari tadbiq etilishi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining sud hokimiyati bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisini va sudyalarini saylash Respublika Oliy Majlisining mutloq vakolatiga kirishi va viloyat, tuman sudlari sudyalarini tayinlash va lavozimidan ozod etish vakolatini Prezidentga berilishi va Shu bilan bog‘liq bo‘lgan munozaralarga chek qo‘ydi.

Muqaddam belgilangan tuman, shahar sudyalarini yuqori Sovetlar tomonidan saylash tartibi amaliyotda ijobiy natija bermaganligi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi. Bu masalaning Konstitutsiyada to‘g‘ri va zamon talabiga asoslangan holda hal etilganligi, kadrlar tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlarning oldini olishga imkon beradigan bo‘ldi.

Konstitutsiyada sudyalarni tayinlash masalasini Prezidentning vakolatiga berilishi sud tuzilishi qonunchiligida burilish nuqtasi bo‘ldi deyish mumkin.




Download 1,21 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144




Download 1,21 Mb.