6. Sud ishlarining milliy tilda yuritilishi printsipi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnaShuvchi shaxslarga tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Sud ishlari yuritilayotgan tillarni bilmaydigan shaxslarga o‘z ona tilida arz qilish, bayonot va ko‘rsatuv berish, sudda so‘zlash va iltimos qilish, shuningdek FPKning 9-moddasida belgilangan tartibda tarjimonning xizmatidan foydalanish huquqi ta’minlanadi.
Sud hujjatlari ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning ona tillarida yoki ular biladigan boshqa tilda tarjima qilib topshirilishi lozim. Bu huquqiy me’yorning asosiy vazifasi sud ishlarini yuritiladigan tilni bilmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini tegishli darajada himoya etilishini kafolatlaydi. Sud ishlarining milliy tilda yurgizilishi qoidaga ko‘ra, sud ishlarini yuritilishida ishtirok etuvchilarga va sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslarga jarayonni tushun arli bo‘lishini va Shu bilan birga sudda ish ko‘rishning tarbiyaviy xarakterda bo‘lishini ta’minlaydi. Bu qoida jarayonning barcha bosqichlariga tegishli bo‘lib, uning buzilishi sudni hukmi, hal qiluv qarorini bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilingan hollardan ko‘rinadiki, agar ishda qatnashuvchi shaxsning ishi, masalan, tojik millatiga mansub aholi ko‘pchilikni tashkil qiladigan joydan bo‘lsa, shu yerli xalqning tilida ish ko‘rilishi, buning uchun lozim hollarda tarjimon bilan ta’minlash masalasi turadi. Bu qoidaning zaminida Respublikani milliy siyosatga bo‘lgan munosabatini muhimligini ko‘rsatuvchi holatdir.
Sud ishlarini yurgiziladigan til to‘g‘risidagi printsipining buzilishi FPKning 314-moddasi 3-bandida ko‘rsatilganidek, sud hal qiluv qarorini albatta bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
|