O‘zbekiston respubilkasi




Download 1,21 Mb.
bet14/144
Sana16.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#171
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   144
1) ishlarni amaldagi qonunlar asosida hal qilish printsipi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida ko‘rsatil-ganidek, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.

Davlat va jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlarga rioya qilishga majburdirlar. FPKning 12-moddasini 1-qismida bu konstitutsion huquqiy me’yor o‘z ifodasini topgan. Bu qonunda ko‘rsatilishicha, sud ishlarini Konstitutsiyaga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan hal qilishi lozim. Sud shuningdek qonunga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarini huquq normalarini ham qo‘llaydi. Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan o‘zlariga berilgan huquq doirasida chiqarilgan huquqiy hujjatlarni ham tadbiq qiladi.

Qonunlarning sud tomonidan to‘g‘ri tadbiq etilishi alohida ahamiyatga egadir. Fuqarolik sud ishlarini to‘g‘ri va odilona hal qilinishi fuqarolik, oila, mehnat va boshqa huquqiy me’yorlarning to‘g‘ri tadbiq etilishi yo‘li bilan belgilanadi.

Fuqarolik sud ishlarini qo‘zg‘atilganda muayyan qonunning bo‘lmasligini ko‘rsatib, fuqarolik huquqlarini sud tomonidan himoya qilinishini rad etishga qo‘yilmaydi. FPKning 12-moddasi 3-qismida ko‘rsatilganidek, nizoli munosabatni tartibga soladigan qonun bo‘lmagan taqdirda, sud shu munosabatga o‘xshash munosabatni tartibga soladigan qonunni tadbiq etadi. Bunday qonun ham bo‘lmagan taqdirda esa sud, Respublika qonunlarining umumiy asoslari va ma’nosiga tayanadi.

Sud fuqarolik ishlarini qonun qiyoslashi (analogiyasi) yoki huquq qiyoslashi (analogiyasi) bo‘yicha faqat nizoli munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq (masalan, fuqarolik, mehnat, oila huquqlari) normalari bo‘lmagandagina hal qilinadi. Fuqarolik ishlarini protsessual huquq normalari qiyoslashi (analogiyasi) bo‘yicha hal qilish qonunda belgilanmagan.

Fuqarolik jarayonida ishlarning amaldagi qonunlar asosida hal qilinishi printsipi-ishlarning protsessual huquq normalariga aniq rioya qilganligi holda ko‘rilishi, ishlarning hal qilinishida moddiy huquq normalariga qat’iyan amal qilinishi, sud ishida qatnaShuvchi taraflarning protsessual harakatlari ustidan sud nazoratini olib borilishi, sudning chiqargan hal qiluv qarorlarining qonunga muvofiq bo‘lish-bo‘lmasligining kassatsion va nazorat tartibida tekshirilishning majburiyligi, sudning o‘z tashabbusi bilan ba’zi protsessual harakatlar qilishga huquqli va majbur bo‘lishligi, qonunlarning ayrim fuqarolar va tashkilotlar tomonidan buzilishi hollari aniqlanganda-sudning bu to‘g‘rida xususiy ajrimlar chiqarishi bilan ta’minlanadi.




Download 1,21 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   144




Download 1,21 Mb.