9) Sud himoyasidan foydalanish imoniyatining ta’minlanishi printsipi.
Bu printsipga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat boshqaruv idoralari va mansabdor shaxslarning har qanday g‘ayriqonun iy xatti-harakatlaridan, shuningdek sha’ni, qadr-qimmati, hayoti va sog‘lig‘i, shaxsiy erkinligi va mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Qonunda muassasa, korxona va tashkilotlar ham sud himoyasida bo‘lishiga haqliligi ko‘rsatilgan. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Sud himoyasidan foydalanish imkoniyatining berilishi printsipi avvalo sud xarajatlarining ko‘p bo‘lmasligidan, ba’zi fuqarolarning sud xarajatlarini to‘lashdan sud tomonidan ozod qilinishidan yoki ularning to‘lanishi kechiktirilishi bilan ifodalanadi. Fuqarolarga sud himoyasidan foydalanishda qo‘layliklar tug‘dirish maqsadida sud idoralari xalqning yashash joylariga mumkin qadar yaqinlashtirilib joylashtirilgan bo‘ladi.
Fuqarolik ishi bo‘yicha arizaning qabul qilinishi to‘g‘risidagi iltimos sud tomonidan faqat ayrim, qonunda maxsus nazarda tutilgan hollardagina rad qilinishi mumkin.
Fuqarolik jarayonidan fuqarolik ishining sudda faqat advokat orqali yurgizilishi shart emas. Sudya ish yuzasidan sudga murojaat qiluvchiga uning huquq va burchlarini tushun tiradi, da’vodan voz kechishi oqibatlari to‘g‘risida, shuningdek boshqa protsessual harakatlarning oqibatlari to‘g‘risida tushun tirishlar beradi.
|