-§. Mustaqil talablari bo‘lmagan uchinchi shaxslar




Download 1.21 Mb.
bet30/144
Sana16.03.2017
Hajmi1.21 Mb.
#171
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   144
3-§. Mustaqil talablari bo‘lmagan uchinchi shaxslar

Uchinchi shaxsning manfaati hamma vaqt nizoning predmetiga nisbatan mustaqil huquqqa ega bo‘lishdan iborat bo‘lavermaydi. Ba’zan dastlabki taraflarning ishi yuzasidan qaror chiqarilishi munosabati bilan protsessdagi taraflardan biriga nisbatan uchinchi shaxsning qandaydir huquq va majburiyat paydo bo‘lishi, shu tufayli uchinchi shaxs nizoning predmetini talab qilmasa ham, qonuniy va asosli qaror chiqartirish va shuning bilan protsessdagi taraflardan biriga bo‘lgan talabini ta’minlash protsessda ishtirok qiluvchi taraflardan birining o‘zidan bir narsa talab qilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun protsessga qatnashadi. qisqasi, dastlabki taraflar o‘rtasidagi nizo yuzasidan chiqarilgan qaror uchinchi shaxsning (boshqa bir fuqaro yoki tashkilotning) huquq va burchlariga ta’sir etishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi FPKning 45-moddasida ko‘rsatilgani-dek, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablari bo‘lmagan uchinchi shaxslar, agar ish bo‘yicha chiqariladigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlariga ta’sir etadigan bo‘lsa, sudning hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar mustaqil da’volari bo‘lmagan uchinchi shaxslar sifatida da’vogar yoki javobgar tomonidan ishda qatnasha oladilar.

Qonunning bu qoidasini misol bilan tushun tiraylik. Bir tashkilotning xodimi fuqaro A. aybi bilan fuqaro B.ga zarar etkazildi. qonun (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasi) bo‘yicha fuqaro B.ning tashkilotga nisbatan da’vo qo‘zg‘adi. Fuqaro A. etkazgan zarar haqini tashkilotdan undirish to‘g‘risida sud qarori chiqarilgani holda bu javobgar tashkilot keyinchalik unga, fakaro A.ga nisbatan regress (qaytarma) da’voni qilish mumkinligini bilib, aybdor bo‘lgan shaxs zarar etkazishidan o‘z aybining yo‘qligin isbotlash maqsadida ishda javobgar tomonidan turib qatnashish mumkin. Bu misolda uchinchi shaxsga nisbatan keyichalik regress da’vo qilishi mumkinligini va buning oldini olish maqsadida uning sud ishiga qatnashishini aytdik. Ammo uchinchi shaxslar taraflarning, prokurorning iltimosi bo‘yicha yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishlari mumkin (FPKning 45-moddasining 1-qismi).

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumining respublika-ning nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunlarini sudlar tomonidan tadbiq etilishi amaliyoti to‘g‘risidagi qarorida «agar ota-onalik huquqidan mahrum etish haqidagi da’vo ota-onalardan biriga nisbatan qo‘zg‘atilsa, sud boshqa ota (yoki ona)ning turmush sharoitini aniqlashga, uni uchinchi shaxs sifatida ishda qatnashish uchun jalb qilishga va bolani uni tarbiyasiga berish mumkin bo‘lish-bo‘lmasligi to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishga majbur»1 deb tushun tirish berdi.

Yuqorida keltirilgan misollardan ma’lum bo‘lishicha, uchinchi shaxslar faqat regress majburiyatlari ro‘y berishi tufayligina emas, balki asoslar bo‘yicha ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishlari mumkin. Demak, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talabi bo‘lmagan uchinchi shaxs deb, muayyan ish chiqarilgan sud qarori, taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan uning huquq va majburiyatlariga ta’sir etishi mumkinligi tufayli boshqa birovlarning ishtirok etuvchi shaxsga aytiladi.

Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talabi bo‘lmagan uchinchi shaxsning ishga jalb etish manfaati nizolaShuvchi taraflarda ham bo‘lishi mumkin. Chunonchi; fuqaro A.ga nisbatan uning sotib olgan narsasi (ashyosi) to‘g‘risida boshqa bir shaxs da’vo qo‘zg‘atsa, ashyoni sotgan fuqaro B. nizoli ishda oluvchi tomonida turib qatnashishi shart bo‘ladi (FKning 394-moddasi).

Bunday hollarda bir tomonidan javobgarning protsessual holati engillashtirilsa, ikkinchi tomonidan uchinchi shaxs kelgusida o‘ziga nisbatan qilinishi mumkin bo‘lgan regress da’voning oldiini olishga harakat qilgan bo‘ladi.

Mustaqil talablari bo‘lmagan uchinchi shaxs, odatda ariza beruvchi (da’vogar) va javobgar tomonidan bo‘ladi va taraflardan birining yordamchisi sifatida ishda ishtirok etib, o‘z huquqini himoya qilish maqsadida unga yordam beradi. Uchinchi shaxs bilan protsessdagi taraflardan birining manfaatlari faqat ish yuzasidan qaror chiqarilguncha bir-biriga to‘g‘ri kelib, keyinchalik bularning manfaatlari bir-biriga zid keladi. Uchinchi shaxs moddiy-huquqiy jihatdan ishda taraf bo‘lib hisoblanmasa ham, ish yuzasidan chiqarilgan qaror unga bevosita joriy qilinmasa ham, ammo u ishning sudda ko‘rilishida taraflarga beriladigan qator protsessual huquqlardan foydalanadi va zimmasiga majburiyatlar oladi.

Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar arz qilingan talabning asosini va predmetini o‘zgartirish, talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirishdan tashqari, tarafarga oid hamma protsessual huquqlardan foydalanadilar va ularning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmalariga oladilar.

Agar mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘z xarakati yoki harakatsizligi oqibatida da’vogarning huquqlari buzilganligi to‘g‘risida arz qilingan talablarni tan olsa, sud majburiyatni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishga haqli. qonunda aynan Shunday hollarda da’vogar va mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘rtasida keliShuv bitimi tuzilishiga yo‘l qo‘yilishi ta’kidlangan.

Uchinchi shaxs ham taraflarga (ya’ni da’vogar va javobgarga), guvohlar va ekspertlarga savollar berib, zarur hujjatlarni sudga topshirib, ishning haqiqiy holatini aniqlashda protsessda faol qatnashadi.

Yuqorida ko‘rsatilganidek, ish yuzasidan qaror chiqarilishi munosabati bilan protsessdagi taraflardan biriga nisbatan uchinchi shaxsda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquq va majburiyatlar, uchinchi shaxsning ishga aralashishi yoki jalb etilishi uchun asos bo‘ladi. Agar paydo bo‘lgan majburiyatlar ixtiyoriy ravishda bajarilmasa, uchinchi shaxsning yoki protsessdagi sobiq taraflardan birining yangitdan da’vo qo‘zg‘atishga (regress da’voga) sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday hollarda bir protsessda ikki da’voni: dastlabki arz qilingan talabni (da’vogarning) javobgarga va javobgarning uchinchi shaxsga (yoki aksincha uchinchi shaxsning javobgarga) bo‘lgan da’vo talabini bir protsessda hal qilib bo‘lmaydimi degan savol tug‘iladi. Umumiy qoida bo‘yicha bunday murakkab protsessning bir vaqtda etkazilishi mumkin emas. Bunga sabab shuki, birinchidan, chiqarilgan qaror yuzasidan uchinchi shaxsda yoki taraflardan birida paydo bo‘ladigan huquqlarni majburiy ravishda amalga oshirish kerak bo‘lish-bo‘lmasligi dastlabki da’vo talabi bo‘yicha qaror chiqarilganda xali ma’lum bo‘lmaydi; ikkinchidan, sudning qarori to qonuniy kuchga kirguncha qat’iy bo‘lmaydi, binobarin, huquq va majburiyatlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida hanuz gapirib bo‘lmaydi; uchinchidan taraflar o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida qat’iy bir xulosaga kelmasdan turib, taraflardan birining uchinchi shaxs bilan bo‘lgan munosabatini aniqlash ham qiyin bo‘ladi.

Ammo qonun istesno sifatida bir protsessda ikki da’voni ham hal qilishga yo‘l qo‘yadi. Bunday istesnoga chunonchi noto‘g‘ri bo‘shatilgan xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha uchinchi shaxslarni jalb qilishda yo‘l qo‘yiladi.

FPKning 259-moddasida ko‘rsatilganidek, noto‘g‘ri bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodimlarni ishga tiklash yoki oldingi vazifasiga qo‘yish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud o‘z tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yoki boshqa ishga o‘tkazishga buyruq bergan mansabdor shaxsni javobgar tomonidagi uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb qilishga majbur. Sud ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazish ochiqdan-ochiq qonunga xilof bo‘lganligini aniqlasa, u Shu protsessning o‘zida aybdor mansabdor shaxsga xodimni ko‘rgan zararlarini qoplash majburiyatini yuklashi lozim.




Download 1.21 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   144




Download 1.21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Mustaqil talablari bo‘lmagan uchinchi shaxslar

Download 1.21 Mb.