|
Koʼp kvartirali uyni boshqarish, saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha № sonli shаrtnomа uchquduq tuman 2024 yil. «Broadway new street»
|
bet | 1/5 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 35,09 Kb. | | #265898 |
Bog'liq shartnoma BROADWAY NEW STREET
Koʼp kvartirali uyni boshqarish, saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha
№_____-sonli SHАRTNOMА
Uchquduq tuman «______» _______________ 2024 yil.
«BROADWAY NEW STREET» Maʼsuliyati cheklangan jamiyati boshqaruv servis kompaniya, keyingi oʼrinlarda «Boshqaruvchi tashkilot» deb nomlanuvchi, «Boshqaruvchi tashkilot» nomidan ustav asosida direкtor Omonov Hasan Nuriddinovich bir tomondan va keying oʼrinlarda «Mulkdor» deb nomlanuvchi, Sergeli tuman Chosh tepa mfy ______ ko’chasi ______-uy______-xonadonda joylashgan turar joy, yoki noturar joy mulkdori
________________________________________________________________________________ikkinchi tomondan,
(F.I.SH)
Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Uy-joy kodeksi va "Koʼp kvartirali uylarni boshqarish toʼgʼrisidagi" Qonuniga muvofiq quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzdilar.
I. SHАRTNOMА PREDMETI
1.1. «Boshqaruvchi tashkilot Toshkent shahar, Sergeli tuman “Chosh tepa” MFY Chul Guli koʼchasi
16-uyda 1-xonadonda joylashgan, koʼp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni (keying oʼrinlarda "umumiy mol-mulk" deb yuritiladi), Mulkdorning topshirigʼiga koʼra, boshqarish, texnik xizmat koʼrsatish, uyning muhandislik tizimi va boshqa uskunalarini, shuningdek umumiy foydalanish joylarini texnik tartibga soluvchi hujjatlarning talablari darajasida saqlash va taʼmirlash boʼyicha xizmatlar koʼrsatish va (yoki) ishlarni bajarish, koʼp kvartirali uyni boshqarish maqsadiga erishishga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish majburiyatini oʼz zimmasiga oladi.
Mulkdor esa ushbu koʼrsatilgan xizmatlar uchun yillik smetaga asosan belgilangan miqdorda toʼlab berish majburiyatlarini oladi.
Umumiy mulkning tarkibi va chegaralari Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilanadi.
1.2. Shartnoma bo’yicha boshqarish, saqlash va texnik xizmat koʼrsatish obʼekti Sergeli tuman Chosh tepa mfy ____ koʼchasi ______-uy _____-xonadon manzilida joylashgan koʼp kvartirali uydagi umumiy mol-mulk.
1.3. Mulkdorga tegishli boʼlgan turar joy (yoki noturar joy) umumiy maydonining_________kv.metr.
1.4. Shartnoma boʼyicha texnik xizmat koʼrsatish obʼektining xarakteristikalari va texnik holati, shartnomaning 1-ilovasida keltirilgan va shartnomaning ajralmas qismi hisoblanuvchi umumiy mol-mulkni texnik koʼrikdan oʼtkazish dalolatnomasida aks ettirilgan.
1.5. Umumiy mol-mulkni saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish xizmatlar boʼyicha bajariladigan ishlar roʼyxati va narxlari 2-ilovada keltirilgan va shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Mazkur roʼyxatni oʼzgartirish istalgan paytda taraflarning kelishuviga asosan amalga oshirilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Koʼp kvartirali uyni boshqarish, saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha № sonli shаrtnomа uchquduq tuman 2024 yil. «Broadway new street»
|