|
II. SHАRTNOMА NАRXINI BELGILАSH TАRTIBI
|
bet | 2/5 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 35,09 Kb. | | #265898 |
Bog'liq shartnoma BROADWAY NEW STREETII. SHАRTNOMА NАRXINI BELGILАSH TАRTIBI
2.1. Mulkdor tomonidan koʼrsatilgan xizmatlar uchun Boshqaruvchi tashkilotga har oyda toʼlanadigan summa miqdori 2-ilovada keltirilgan Umumiy mol-mulkni saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish xizmatlar boʼyicha bajariladigan ishlar (smeta) roʼyxati va narxlariga asosan hamda “Boshqaruvchi tashkilot” ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkni saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish olinadigan foyda daromati, Mulkdorga mulk huquqi asosida tegishli boʼlgan turar joy/noturar joy umumiy maydonining koʼp kvartirali uydagi barcha turar va noturar joylarning umumiy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi:
-umumiy mol-mulkni boshkarish, saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish xizmatlar boʼyicha bajariladigan ishlarning yillik smetaga asosan;
-“Boshqaruvchi tashkilot” umumiy mol-mulkni saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish olinadigan foyda daromati, yillik smetada ko‘rsatilgan, mulkdorga mulk huquqi asosida tegishli boʼlgan turar joy/noturar joy umumiy maydonining koʼp kvartirali uydagi barcha turar va noturar joylarning umumiy maydoniga mutanosib ravishda 1 kv.m uchun 200 (ikki yuz) so‘mgacha belgilanadi;
-mulkdorga tegishli boʼlgan turar joy/noturar joy umumiy maydonining _________kv.metr;
-shartnomaga asosan koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlov miqdori yillik smetaga asosan belgilanadi. Qounchilikda ko’rsatilgan tartibda oylik ish xaqi va taʼmirlash ishlarida ishlatiladigan qurilish materiallari, elektr energiyasi, yoqilg’i materiallarining narxlaridan kelib chiqqan xolda, xizmatlar uchun oylik to’lov mikdori uzgarishi mumkin.
2.2. Mulkdor toʼlovlarni Boshqaruvchi tashkilotning hisob raqamiga joriy oyning 10-kunidan kechiktirmay, Boshqaruvchi tashkilot tayyorlagan toʼlovnoma asosida toʼlanadi.
III. TАRАFLАRNING MАJBURIYATLАRI VА HUQUQLАRI
3.1. Boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari:
3.2. Umumiy mol-mulkni saqlash va unga texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha quyidagi ishlarni bajarish:
a) umumiy mol-mulkning texnik holatini Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq emasligi hollari hamda insonlar sogʼligi va hayotiga xavf tugʼdiruvchi nosozliklarni oʼz vaqtida aniqlash maqsadida umumiy mol-mulkni davriy, yaʼni yilda ikki marta - bahorgi va kuzgi texnik koʼrikdan oʼtkazish. Davriy texnik koʼrik paytida amalga oshiriladigan ishlar quyidagi iborat boʼladi:
-suv quvurlari va kanalizatsiya tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish (suv quvurlari kranlaridagi prokladkalarni almashtirish, ulanish joylarini mahkamlash va suv sizishini toʼxtatish, tizimdagi ifloslanish va tiqilishlarni tozalash va sh.oʼ.);
-markaziy isitish va issiq suv taʼminoti tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish (sal’niklarni mustahkamlash, issiqlik izolyatsiyasida kichik taʼmirlash ishlarini bajarishlarni amalga oshirish, yopish armaturalari va ulanish joylaridagi suv oqishi va sizishini bartaraf etish), gryazeviklarni, havo yigʼgich (vozduxosbornik), kompensator, ventillar, zadvijkalarni sochish, koʼrikdan oʼtkazish va tozalash, shuningdek yopish armaturalarini qurumdan tozalash va sh.oʼ.);
-elektr taʼminoti uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etish (umumiy foydalanish joylardagi va texnik xonalardagi kuygan elektr lampalarini almashtirish, shtepsel rozektkalari va elektr oʼchirgichlarni taʼmirlash yoki almashtirish, elektr simlarida kichik taʼmirlash ishlarini bajarish va sh.oʼ.);
-kanalizatsiya yotiq quvurlarini tozalash;
-kanalizatsiya tortqichlashini (vityajka) tekshirish;
-tutun tortuvchi ventilyatsiya kanallari tortilish darajasini tekshirish;
-tomda qisman kichik taʼmirlash ishlarini bajarish;
b) umumiy foydalanish joylaridagi yoritilish darajasini tekshirish;
v) uyga tutash yer uchastkasi va umumiy foydalanish joylarini muntazam tozalash ishlarini bajarish (kelishuvga koʼra);
g) Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq yongʼin va sanitariya xavfsizligini taʼminlash boʼyicha ishlarni bajarish;
d) uyga tutash yer uchastkasi va boshqa obʼektlarni (bolalar va sport maydonchasi va sh.oʼ.) obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish, ularga xizmat koʼrsatish ishlarini bajarish (kelishuvga koʼra);
y) koʼp kvartirali uyga tegishli boʼlgan hududni tozalash muntazam supurish va yogʼingarchilik davrida qorni kurash (kelishuvga koʼra);
j) umumiy mol-mulkni joriy taʼmirlash va mavsumiy foydalanishga tayyorlash ishlarini bajarish. Kapital taʼmirlash ishlari davlat byudjeti va manbalar moliyalashtirilganda yoki alohida kelishuvga koʼra amalga oshiriladi;
z) koʼp kvartirali uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʼyicha quyidagi ishlarni bajarish:
-isitish tizimini taʼmirlash, sozlash, yuvish va gidravlik sinab koʼrish;
-balans mansublik chegarasidagi, shuningdek elevator va issiqlik uzellarida oʼrnatilgan nazoratoʼlchov vositalarini davlat qiyoslovidan oʼtkazish va sozlash;
-yertoʼla, chordoq va boshqa texnik xonalardagi quvurlarning issiqlik izolyatsiyasini tiklash;
-tomda qisman kichik taʼmirlash ishlarini bajarish;
-yertoʼla, chordoq va boshqa texnik xonalardagi darchalarni berkitish va oynalarini taʼmirlash;
-umumiy foydalanish joylaridagi singan oynalarni almashtirish, podʼezdlar va boshqa yordamchi xonalarning kirish eshiklarini taʼmirlash;
-tarnov quvurlarini taʼmirlash;
-yertoʼlani suv bosish sabablarini bartaraf etish;
-qish-kuz mavsumiga tayyorgarlik koʼrish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hamda texnik tartibga solish hujjatlarida belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
i) muhandislik tizimi va uyning boshqa uskunalarining normal faoliyat koʼrsatishini taʼminlash (ventilyatsiya moʼrilari, isitish tizimi, suv, elektr taʼminoti va sh.oʼ.);
k) podʼezdlar, zinalar va zina maydonchalari sanitar tozalash ishlarini bajarish (kelishuvga koʼra);
3.3. Boshqaruvchitashkilot, shuningdek, quyidagilarni oʼz zimmasiga oladi:
a) yarim yillik boʼyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar bajarilgan ishlar toʼgʼrisida Mulkdorga yoki joy mulkdorlarining umumiy yigʼilishi tomonidan belgilangan shaxsga yozma hisobot va bajarilgan ishlar dalolatnomasini taqdim etishni:
- 24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish;
b) Mulkdorni ogohlantirishni:
-koʼp kvartirali uyni kapital taʼmirlash ishlari boshlanishi toʼgʼrisida - uch oy oldin;
-umumiy foydalanish joylarini taʼmirlash toʼgʼrisida - bir hafta oldin;
-uyning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʼchirish, tekshirish yoki boshqa tarzda ishlash rejimini oʼzgartirish toʼgʼrisida - ikki kun oldin (tarmoqda avariya sodir boʼlish hollari bundan mustasno);
v) nosozlik yoki avariya holatlarini toʼgʼrisida Mulkdorning arizasini qabul qilish va belgilangan muddatlarda uni bartaraf etishni;
3.4. Oʼzining majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida Mulkdorga yetkazilgan zararni Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda qoplab berishni zimmasiga oladi.
3.5. Mulkdorning majburiyatlari:
a) umumiy mol-mulkni, uyga tutash yer uchastkasi va unda joylashgan obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish elementlarini saqlash boʼyicha umumiy xarajatlarda Mulkdorning umumiy mol-mulkka nisbatan ulushbay mulk huquqiga muvofiq ishtirok etish;
b) har oyda bir marta keyingi oyning 10-sanasiga qadar yillik smetada belgilangan miqdorda xizmatlar uchun toʼlovni Boshqaruvchi tashkilotiga toʼlab berish;
v) umumiy mol-mulk va uyga tutash yer uchastkasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
g) oʼziga tegishli boʼlgan joyni oʼz hisobidan taʼmirlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holda saqlash.
d) oldindan xabardor qilib, oʼzi ishtirok etgan holda yoki oʼz vakili ishtirokida oʼziga tegishli joyda Boshqaruvchi tashkilot vakillari tomonidan umumiy mol-mulkning unga tegishli joydagi qismlarini koʼzdan kechirish, profilaktika ishlarini bajarish, joriy va kapital, shuningdek avariya holatlarini bartaraf etish uchun darhol kirishga ruxsat berish.
i). Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir va ular umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi shart.
f) Joy mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni ko‘p kvartirali uy foydalanishga qabul qilingan kundan boshlab (turar joyda yashasa (va yoki) yashamasa) o‘z zimmasiga oladi.
3.6. Boshqaruvchi tashkilotning huquqlari:
a) mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda va Mulkdor yoki uning vakili ishtirokida Boshqaruvchi kompaniyaning vakillari tomonidan umumiy mol-mulkning Mulkdorga tegishli joy ichidagi qismlarini koʼzdan kechirish, profilaktika ishlarini bajarish, joriy va kapital taʼmirlash uchun Mulkdorga tegishli joyga kirish;
b) boshqa mulkdorlarning mulkiga va/yoki umumiy mulkka zarar yetkazishi mumkin boʼlgan avariyani bartaraf etish uchun Mulkdorga tegishli joyga darhol kirish (shu jumladan, belgilangan tartibda, mulkdor yoʼqligida avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida);
v) mulkdor koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovni amalga oshirishdan bosh tortsa va shartnoma shartlarini boshqacha tarzda buzsa, qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda choralar koʼrish hamda mulkdorlarning elektr energiya tarmoqlaridan uzish choralarini ham ko‘radi.
3.7. Mulkdorning huquqlari:
a) Boshqaruvchi tashkilot tomonidan shartnoma boʼyicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) Boshqaruvchi tashkilot shartnoma boʼyicha koʼrsatilgan xizmatlarni amalga oshirishdan bosh tortsa va shartnoma shartlarini boshqacha tarzda buzsa, qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda choralar koʼrish.
|
| |