Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022
71
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG‘IDA MAVJUD
BO‘LGAN XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNI
BARTARAF ETISHNI TADQIQ ETISH
Shukurova Saboxat Muratdjanovna
Toshkent davlat transport universiteti,
“Aeronavigatsiya tizimlari” kafedrasi mudiri,
PhD, dotsent,
Mirzaeva Malika Bahadirovna
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Telekommunikatsiya sohasida apparat va dasturiy ta’minotni boshqarish tizimlari
kafedrasi dotsenti, PhD)
Muxamedaminov Aziz Odiljon o‘g‘li
(“UNICON.UZ” DUK Standartlashtirish
Tayanch Tashkiloti muhandisi)
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda telekommunikatsiya sohasidagi axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali
faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi
mumkin. Ushbu muammoni hal etish uchun huquqiy, ma’muriy, protsedurali va
dasturiytexnik choralar qo‘llaniladi. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash
muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib,
axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati
darajasiga aylanmoqda. Demak, axborot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni hal
etish mazkur ishning naqadar dolzarbligini anglatadi. Maqolada axborot tushunchasi,
axborotlarning turlari, axborot xavfziligiga tahdid va ularning turlari, axborot
xavfsizligning ahamiyati kabi tushunchalar bayon etilgan. Axborot xavfsizligiga
tahdidlar zamonaviya asoslar asosida talqin etilgan.
Kalit so‘zlar:
axborot, axborot xavfsizligi, axborot xavfsizligi turlari,
axborortlarning turlari, xavfsizlik turlari, axborotni muhofazasi, ma’lumotlar bazasi.