• Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
  • Bartaraf etishni tadqiq etish




    Download 0,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/11
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #253907
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    71-80 (1)

     
    KIRISH 
    Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari 
    soxasida isloxatlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lib, bu 
    soxa eng tezkor rivojlanayotgan uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish potensialiga ega 


    Educational Research in Universal Sciences
    ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
     
     
    https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022 
    72
     
    bo‘lgan soxaga aylandi va zamonaviy axborot texnologiyalarini mamlakatimiz 
    xayotiga kiritish, ijtimoiy ishlab chiqish va rivojlanish samaradorligini oshirish 
    vazifalarini echishga yo‘naltirilgan Respublika xukumati faoliyatining ustuvor 
    vazifalaridan biridir. Shu tufayli har xil axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 
    tez rivojlanishi va o‘zaro birgalikda ishlashi natijasida ularning yaqinlashishi 
    kuzatilmoqda. 
    Bu 
    jarayon 
    hayotimizga 
    telekommunikatsiya 
    tarmoqlarida 
    texnologiyalar konvergensiyasi tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi 
    kunda global kompyuter tarmog‘i ko‘plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni 
    tashkil qiladi. Shunga qaramasdan oxirgi paytda axborotlarni uzatish xajmining 
    oshishi, mavjud bo‘lgan axborotli kanallarning uzatuvchanlik qobiliyatini 
    etishmasligiga olib kelmoqda
    31

    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Oliy Majlisga 
    qilgan Murojaatnomasida "Barchamizga ayonki, jahonda keskin iqtisodiy raqobat, 
    axborot xurujlari, terroristik tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Dunyoning turli 
    joylarida, ayniqsa, Yaqin Sharq mintaqasida qonli to‘qnashuv va nizolar davom 
    etmoqda. Ming afsuski, bunday notinch keskinlik o‘choqlari kamayish o‘rniga 
    ko‘payib bormoqda. Shu boisdan axborot resurslari orqali tarqatilayotgan buzg‘unchi 
    g‘oyalarning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari tarkibida 
    alohida bo‘linmalar tashkil etish zarur...."
    32
    kabi vazifalarni ilgari surdilar 
    XXI asr kishilik jamiyatining taraqqiyoti inson faoliyatining turli jabhalarida 
    bevosita axborot ishlab chiqarish, uni iste’mol qilish va jamlash sur’atlarining o‘sishi 
    bilan bevosita bog‘liq. Sababi, axborot kishilik jamiyatnining muhim resurslaridan 
    hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotda axborot strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
    hom-ashyo va energiya bilan tenglashtirilmoqda. Ma’lumki, dunyo miqyosida milliy 
    mahsulotning 70 %ni axborot tizimlarida saqlanayotgan axborot ko‘lami bilan 
    bog‘liqdir. Nafaqat qimmatli axborotlar xavfsizligini ta’minlash, balki axborot 
    tizimlari va ularning infrastrukturasi xavfsizligini ta’minlash ham muhim ahamiyat 
    kasb etmoqda.
    33
    Telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, 
    O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini bosqichma-bosqich 
    rekonstruksiya qilish va rivojlantirish vazifalari belgilandi va bu vazifalar amalga 
    oshirilmoqda. Telekommunikatsiya tarmog‘i deyilganda hududiy turli olis masofada 
    joylashgan foydalanuvchilarga axborot yetkazilishini ta’minlovchi elektr aloqa 
    31
    R.N. Radjapova “KEYINGI AVLODNING KONVERGENT TARMOQLAR”
    O’quv qo’llanma Toshkent 2017 
    32
    http://www.ach.gov.uz/uz/lists/view/54 
    33
    Sardor Doniyor o’g’li Sultonmurodov “Globallashuv jarayonida axborot xavfsizliga tahdid va uning namoyon bo’lish” 
    SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 740-b 



    Download 0,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,77 Mb.
    Pdf ko'rish