|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq 71-80 (1)Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022
78
huquqiy axborot (xavfsizlik muammolari bo‘yicha me’yoriy baza);
tijorat axborotlari (ishlab chiqariladigan mahsulot va unda axborotni muhofaza
qilish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida axborot);
ilmiy-texnik axborot (xavfsizlik bo‘yicha mamlakat va chet el ishlab chiqarish
texnologiyasi jarayonlari bo‘yicha axborot;
tashkilotning axborot xavfsizligi holati, unga tahdidlar bo‘yicha axborot-
tahliliy faoliyat natijasida olingan tahliliy axborot.
Gap xavfsizlik masalasida borar ekan avvalo uning yo‘nalishlari bilan tanishib
chiqaylik
Xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari:
o
axborot xavfsizligi;
o
iqtisodiy xavfsizlik;
o
mudofaa xavfsizlik;
o
axborot xavfsizligi;
o
iqtisodiy xavfsizlik;
o
mudofaa xavfsizlik;
Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki
qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi
infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi.
Umumiy yo‘nalishga ko‘ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga
bo‘linadi:
Birinchisi, O‘zbekistonning ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va
axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga
tahdidlar;
Ikkinchisi, mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa
vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning
mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini
yig‘ish, saqlash va samarali foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar;
Uchinchisi, respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va
telekommunikatsiya
tizimlarining
me’yorida
ishlashiga,
axborot
resurslari
xavfsizligiga tahdidlar.
Axborot xavfsizligiga tahdidlar darajasiga ko‘ra quyidagicha toifalanishi
mumkin:
a) shaxs uchun:
axborotlarni qidirish, olish, uzatish, ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzilishi;
fuqarolarni shaxsiy hayot daxlsizligi huquqidan mahrum qilish;
|
| |