|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq 71-80 (1)Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022
74
– inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik
qilish – bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy ob’ektlari, shu bilan birga jami
xavfsizlik sohalaridagi xavfsizlik ob’ektlarining asosiy elementlaridir;
– axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali
milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin;
– milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Axborot xavfsizligi elementlari qadimgi davrlardan beri qo‘llanilib kelinmoqda:
ma’lumki, qadimgi Misr va Qadimgi Rimda kriptografiya qo‘llanilgan. Gerodotning
so‘zlariga ko‘ra, allaqachon, Miloddan avvalgi V asrda, axborot kodlash ishlatilgan
36
.
Kriptografiyaning dastlabki dasturlaridan biriga klassik misol "Qaysar shifr" deb
nomlangan S.Otamurtovning “Globallashuv va milliy-ma’naviy havfsizlik”
37
,
Sh.Umarov va F.Mulaydinovlarning “Axborot xavfsizligi”
38
, M.Quronovning “Milliy
tarbiya”, M.Lafasovning “Diniy ekstremizm: tarixi va mohiyati”, X.Jumaniyozov,
M.Sobirovlarning “Globallashuv asoslari”, I.Karimov va N.Turgunovlarning “Axborot
xavfsizligi asoslari” asarlarida yoritib berilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Bugungi kunda har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning
ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o‘tmishdan davlatning harbiy-strategik
ahamiyatiga molik bo‘lgan ma’lumotlar qat’iy sir tutilgan va himoyalangan. Hozirgi
vaqtda ishlab chiqarish texnologiyalariga va mahsulotlarni sotishga tegishli axborot
tovar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ichki va tashqi bozorda unga bo‘lgan talab ortib
bormoqda. Axborot texnologiyalari avtomatlashtirish va axborotni muhofaza qilish
yo‘nalishlarida muntazam mukammallashib bormoqda. Zamonaviy axborot
texnologiyalarining
taraqqiyoti
sanoat
shpionaji,
kompyuter
jinoyatchiligi,
konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy
hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har
qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni
muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi
yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini
topmoqda. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”,
“Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy himoya
qilish to‘g‘risida” va boshqa qonunlar hamda bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi
va amalga tatbiq etildi. Ахbоrоtni qаndаy yo‘qоtish mumkinligini vа bu qаndаy
36
R.H.KUSHATOV “Axborot xavfsizligi va intellektual mulkka kirishni boshqarish Oʻquv qoʻllanma Samarqand – 2021 6-
b
37
Otamuratov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy havfsizlik. -Т: 2013
38
Jumaniyozov X, Sobirova M, Nigmanova U. Globallashuv asoslari. -T: 2015.
|
| |