|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq 71-80 (1)Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022
79
g‘ayriixtiyoriy zararli axborotlardan fuqarolarning o‘z sog‘liqlarini himoya
qilish huquqlari buzilishi;
intellektul mulk obyektlariga tahdid.
b) jamiyat uchun:
axborotlashtirilgan jamiyatni qurishga to‘siqlar;
jamiyatning ma’naviy yangilanish, uning ma’naviy boyliklarini saqlash,
fidoyilik va xolislik, mamlakatning ko‘p asrlik ma’naviy an’analarini rivojlantirish,
milliy, madaniy merosni targ‘ib qilish, axloq me’yorlari huquqlaridan mahrum qilish;
zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini taraqqiy etishi, mamlakat
ilmiy va ishlab chiqarish potensialini rivojlantirish va saqlab qolishga qarshilik
qiluvchi muhitni yaratish.
v) davlat uchun:
shaxs va jamiyat manfaatlari himoyasiga qarshi harakatlar;
huquqiy davlat qurishga qarshilik;
davlat boshqaruv organlari ustidan jamoat nazorati institutlarini shakllantirishga
qarshi harakatlar;
shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ta’minlovchi davlat boshqaruv organlari
tomonidan qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va tatbiq etish tizimini shakllantirishga
qarshilik;
davlat axborot tizimlari va davlat axborot resurslari himoyasiga to‘siqlar;
mamlakat yagona axborot muhiti himoyasiga qarshi harakatlar.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
Hozirgi kunda telekommunikatsiya sohasidagi axborot xavfsizligi dolzarb
masalalardan biri hisoblanib, axborot va uning turlari, axborot xavfsizligi, milliy
xavfsizlikning yo‘nalishlari, davlatimizning axborot sohasidagi xavfsizlik masalalari
to‘laqonli yoritib berildi. Va yana shuni aytib o‘tish mumkinki bu yerda axborotning
ahamiyati, uning jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o‘rni, axborot xafsizligi,
axborot xafsizligiga tahdid va uning turlari, bugungi kunda axborot xavfsizligining
dolzarb ahamiyat kasb etishi masalalar yoritilgan.
|
| |