|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq 71-80 (1)Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022
76
Federeatsiyasida 14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan
39
.
Bu statistik ma’lumotlarning o‘zi mavzuning dolzarb ekanligiga yana bir dalildir.
Telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha 50 ming
kilometr optik-tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 118 ming
kilometr yetkazildi, va buning natijasida aholi maskanlarining 67 foiziga mazkur
tarmoq kirib bordi. Optik tarmoqni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
kelgusi yillarda ham shu sur’atda davom ettirilishi belgilangan.
Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish qurilmalarining
umumiy sig‘imi 3,6 mln.ga yetkazildi.
Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida, mobil internet tezligi 1,5
barobar oshirildi va 2021-yilda 14 150 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib,
ularning umumiy soni 45 890 taga yetkazildi.
Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu
davriga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30,0 ming so‘mni tashkil
etmoqda.
Bugungi kunga kelib 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab
olingan, 54 foiz uy xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni
yaratilgan.
2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz,
sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya
infratuzilmani rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar
amalga oshirildi.
Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator
ishlar olib borilmoqda. 2018-yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6
ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda esa 68,6 ming kilometrgacha
yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatqichni 118,6 ming kilomertgacha
yetkazilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari
o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar
portlarning soni 3,9 milliongacha yetkaziladi
40
.
Axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar,
faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘indisidir. Endi
ushbu qoidadan kelib chiqqan holda axborotning turlar haqida so‘z yuritsag.
39
Umarov Sh, Mulaydinov F. Axborot xavfsizligi.- Farg’ona: 2014.
40
Juraqulov Ziyodullo Saidqul o‘g‘li “TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI TRAFIKLARI HIMOYASI USULLARI” ISSN:
2181-3337 SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 № 2 103-b
|
| |