Educational Research in Universal Sciences




Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana25.05.2024
Hajmi0,77 Mb.
#253907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
71-80 (1)

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022 
73
 
vositalarining, shuningdek, uzatishga mo‘ljallangan va qabul qilingan axborotni 
saqlash va qayta ishlash vositalarining jamlanmalari tushuniladi.
34
Insonning butun hayoti axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan 
bog‘langan. Umuman olganda, inson bilimi ham to‘plangan va tartiblangan axborotdir. 
Ammo inson miyasi nechog‘li mukammal bo‘lmasin, juda katta miqdordagi 
axborotning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va avloddan-avlodga hech bir 
o‘zgarishsiz uzatib bermaydi. Shu tariqa axborotlarni saqlab, eslab turadigan texnik 
vositalarga zaruriyat tug‘ildi. Bundan tashqari, axborot har bir millatning boyligi 
hisoblanadi, shu sababli uni shunday saqlash lozimki, undan kerakli vaqtda kerakli 
hajmda foydalanish mumkin bo‘lsin. Shundagina uning bahosi beqiyos bo‘ladi. Aynan 
shuning uchun kompyuterlar bugungi kun talabiga javob beradigan texnik vositalari va 
qurilmalaridan samarali foydalanishga harakat qiladi.
Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazidagi masalalar qatoriga ta’lim 
jarayonini axborotlashtirish masalasi ham kirib, ushbu masalani hal etish bo‘yicha 
qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi. Bu qonun va qarorlarning asosini o‘quv 
jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron 
darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi biladigan va o‘z kasbiy faoliyatida ulardan 
samarali foydalanadigan yuqori malakali, axboriy madaniyatga ega mutaxassislarni 
tayyorlash tashkil etadi.
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnikani 
qo‘llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi. 
Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy, tashkiliy boshqaruv va 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Shu bilan birga 
mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va 
davlat xavfsizligini axborot sohasidagi ichki va tashqi tahdidlardan himoyalashga 
yo‘naltirilgan.
XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va 
texnologiyalarining rolini ortishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik 
jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga 
quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining 
yetakchi o‘rin egallashini belgilaydi:
35
– milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot 
va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi;
34
A.V. SHIN, N. XODJAYEV “Telekommunikatsiya uzatish tizimlari o ‘quv qo ‘llanma Toshkent — «ILM ZIYO» -2016 
35
Rasulmuxamedov Muxamadaziz Maxamadaminovich, “Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun dastur ishlab chiqish” 
“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784 2021 December 
www.oriens.uz
 71-b 



Download 0,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Educational Research in Universal Sciences

Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish