|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy ish №2
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #238435 |
Bog'liq 2-topshiriq
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
Amaliy ish - № 2
Guruh: 214-21.
Bajardi: Nu’monov Tohir
Tekshirdi: Mamatkulov G’ulom
Toshkent 2024
E -AUKSION.UZ (https://e-auksion.uz/ )
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJning TASHKILIY TUZILMASI
«E-AUKSION» elektron savdo platformasi to‘g‘risida
«E-AUKSION» elektron savdo platformasi (savdo maydoncha) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3149-son qarori bilan tashkil etilgan.
Elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.
Dastlab, savdo maydonchada 2017 yil 1 sentabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
So‘ng, tashkil etilgan elektron onlayn-auksion faoliyatini fuqarolarga ko‘p qulayliklar yaratib o‘zini oqlaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari bilan tegishli boshqa sohalarga joriy etilib kelinmoqda.
Savdo maydoncha fuqarolar uchun elektron onlayn-auksionlarda keng ishtirok etish va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha adolatli va shaffof savdolarda egalik va foydalanish huquqlarini sotib olish imkoniyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, jumladan:
- Davlat ob’ekti (binolari) va ulushlari;
- Ijara (davlat mulkini ijaraga berish, buyurtmachilar mulklarini ijaraga berish);
- Ko‘chmas-mulk;
- Avtotransport va maxsus texnikalar;
- Yer uchastkalari (tadbirkorlik, uy joy qurish, xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligini yuritish va ekotruzim uchun);
- Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi;
- Strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;
- Noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;
- Tozalash xizmatalari (daryolar o‘zanlarini tozalash, hududlarni tozalash);
- Ko‘llar tizimidan foydalanish;
- Tashqi reklama ob’ektlarini qurish va o‘rnatish huquqi (yerlar va bino va inshootlarga qurish);
- Radarlar o‘rnatish joylari;
- Og‘irlik va gabaritlarni o‘lchovchi statsionar shoxobochalar o‘rnatish;
va boshqa mol-mulklar.
Savdo maydonchaning asosiy maqsadlari:
– jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan egalik va foydalanish huquqlari bo‘yicha auksion va tanlov savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va holisligini ta’minlash;
– narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish;
– elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘ida arizalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash jarayonlariga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmini yaratish;
– axborot xavfsizligi vositalari yordamida axborot butunligini va maxfiyligini ta’minlash.
Yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar auksion va tanlov savdolarini tashkil etish “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmasi bo‘yicha tashkil etiladi.
USTAV FONDI
Jamiyatning ustav kapitali 41 980 199 000 (qirq bir milliard to'qqiz yuz sakson million bir yuz to'qson qo'qqiz ming) so'm. Yagona aksiyador O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
To’liq ma’lumot:
https://static.e-auksion.uz/files/ustav-yangi-tahrir.pdf
https://static.e-auksion.uz/files/ustav-yangi-2023.pdf
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari
Bug’alteriya balansi 2024-yil I chorak
https://static.e-auksion.uz/files/forma_1_2024_1-chorak.xlsx
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot 2024-yil I chorak
https://static.e-auksion.uz/files/forma_2_2024_1-chorak.xlsx
Bug’alteriya balansi 2023-yil
https://static.e-auksion.uz/files/forma_1-2023.xlsx
|
| |