-§. Ishga tegishsiz tarafni almashtirish




Download 1,21 Mb.
bet27/144
Sana16.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#171
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144
3-§. Ishga tegishsiz tarafni almashtirish 

Sudya arz qilgan da’vo talablarini qabul qilishda, ishni sud majlisida ko‘rish uchun tayinlashda ariza bilan sudga murojaat qilgan shaxsning (fuqaro yoki tashkilotning) huquqi yoki qonun bilan himoya qilinadigan manfaati buzilganligini va javobgar sifatida ko‘rsatilgan aynan Shu shaxs tomonidan buzilganligini hanuz bilmaydi, faqat bunday holatning bo‘lishi faraz qilinadi va kimning da’vogar va kimning javobgar bo‘lishi taxminan belgilanadi.

Da’vogar shaxs huquqining buzilganligi va shu munosabat bilan uning o‘zi da’vogar bo‘lish va bu nizoli huquqni buzuvchi javobgar sifatida ko‘rsatilgan shaxsning aynan o‘zi javobgar bo‘lishligi sud majlisida, ishni atroflicha, holisona (ob’ektiv) ravishda tekshirish natijasida aniqlanadi.

Ishning ko‘rilishida aksariyat hollarda da’vogar ham, javobgar ham da’vo arizasida ko‘rsatilgan shaxslar bo‘ladi. Ammo ba’zi hollarda jarayonda yo da’vogar, yo javobgar taraf yoinki har ikki tomon ham xatolik bilan ishga jalb etilishlari tufayli tegishsiz (daxldor bo‘lmagan) taraf (taraflar) bo‘lib chiqishi, ya’ni da’vogar da’vo ishi qo‘zg‘atishga haqli bo‘lmagan taraf, javobgar esa mazkur da’vo yuzasidan javob berishga majbur bo‘lmagan shaxs bo‘lib topilishi mumkin. Shunday holatlarni nazarda tutib, qonun ishga daxldor-tegishsiz tarafni sudning tashabbusi bilan yoki prokurorning talabi bo‘yicha yoinki taraflardan birining iltimosiga ko‘ra boshqa tegishli taraf bilan almashtirishga yo‘l qo‘yadi.

FPKning 42-moddasida ko‘rsatilishicha, sud ishni tekshirish vaqtida arizani talab qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan qo‘zg‘atilganligini yoki javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilganligini aniqlasa, da’vogarning roziligi bilan ishni bekor qilmasdan, dastlabki da’vogarni yoki javobgarni tegishli da’vogar yoki javobgar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yishi mumkin.

Tegishsiz, daxlsiz da’vogar deb nizoli huquqning yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatning o‘ziga tegishli bo‘lishi to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lmagan da’vogarga aytiladi. Chunonchi fuqaro G. vafot etgan o‘g‘lining xotinini kvartiradan ko‘chirish to‘g‘risida sudda da’vo ishi qo‘zg‘atishda da’voga asos qilib, kelinining shu shaharda shaxsiy egaligida otasidan meros bo‘lib qolgan uy-joyi borligini ko‘rsatadi. Sud FKning 601-moddasi mazmuniga ko‘ra, aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar fuqarolarga uy-joyni ijaraga berish asosida berilganligini uy-joydan ko‘chirishni har kim talab qila olmasdan, balki bu joyni ijaraga beruvchigina talab qilishi mumkinligini ko‘rsatib, fuqaro G.ning ishi bo‘yicha tegishsiz taraf ekanligini va uning tegishli da’vogar taraf kommunal uy-joy fondi rahbariyati bilan almashtirilishi lozimligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Agar da’vogar o‘z o‘rniga boshqa shaxs qo‘yilishiga rozi bo‘lmasa, u shaxs ishda nizo predmeti yuzasidan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida qatnasha oladi. Masalan, yuqorida keltirilgan misoldagi dastlabki da’vogar G. da’voning boshqa asosini, Chunonchi: kelini bilan doimo janjallaShuvlari sababli bir kvartirada yashashlari mumkin bo‘lmasligini asos qilib ko‘rsatib, FKning 615-moddasiga muvofiq kelinini ko‘chirish to‘g‘risida mustaqil talab quyib ishda uchinchi shaxs sifatida qatnashishi mumkin.

Agar daxlsiz, tegishsiz da’vogar taraf jarayondan chiqishlikka rozilik bersa-yu, ammo tegishli da’vogar taraf sud ishiga kirishishga o‘zining roziligini bermasa, bunday holda sud dastlabki holda da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligi tufayli ish yuritishni tugatadi (FPKning 100-moddasining 3-bandi).

Fuqarolik ishlarining ko‘rilishida ba’zi hollarda daxlsiz, tegishsiz javobgarning ishtirok etishi uchrab turadi. Masalan, mulkini o‘g‘irlatgan fuqaro A. fuqaro B.ga nisbatan o‘ziga etkazilgan zararning undiriishi to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atadi.

Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining sudda ko‘rilishida fuqaro A. nizoli huquqning taxmin qilingan sub’ekti sifatida da’vogar o‘rnini oladi. Fuqaro B. esa nizoli burchning sub’ekti, ya’ni javobgar sifatida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ammo ishning sudda ko‘rilishi davomida A.ning mulki B. tomonidan o‘g‘irlanmasdan, balki uning ukasi V. tomonidan o‘g‘irlanganligi aniqlandi. Shu munosabat bilan sud tegishsiz javobgarning daxldor-tegishli javobgar bilan almashtirilishi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Agar da’vogar javobgar o‘rniga boshqa shaxsni javobgar qilishga rozi bo‘lmasa, sud u shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qila oladi. qonun (FPKning 42-moddasining 3-qismi) tegishsiz tarafning (tegishsiz da’vogar va tegishsiz javobgarning) o‘zgartirilishi sharti sifatida albatta da’vogarning roziligi bo‘lishligi zarurligini ko‘rsatadi.

Qonun javobgarning yoki da’vogarning tegishli taraf bilan O‘zgartirilishiga javobgarnining rozilik berishini talab qilmaydi.

Ishga ikkinchi, ya’ni daxldor-tegishli javobgar jalb etilgani holda chiqariladigan sudning hal qiluv qarori mazmuni har turli bo‘lishi mumkin. Chunonchi: birinchidan, da’vogarning birinchi javobgarga nisbatan xatolik bilan qo‘zg‘atilgan talablarini ikkinchi javobgar hisobidan undirish to‘g‘risidagi qaror; ikkinchidan, sud birinchi javobgarga nisbatan, Shuningdek ikkinchi javobgarga nisbatan ham qo‘zg‘atilgan da’vo ishi bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilishi, masalan, ikkinchi javobgarga nisbatan da’vo muddatining o‘tishi yoki majburiyatning ish sudda ko‘rilishiga qadar ijro etilishi va boshqa asoslar bo‘yicha ozod etish to‘g‘risidagi qaror; uchinchidan, sud ikkinchi javobgarni mas’uliyatdan ozod qila turib, birinchi javobgarga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’voni kondirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi ham mumkin.

Taraflardan biri almashtirilganidan keyin yoki ishga mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs yoxud ikkinchi javobgar jalb qilinganidan keyin taraflarga ish uchun loim hujjatlarni to‘plash, jarayonga tayyorlanish imkoniyatini berish maqsadida ishning yangidan ko‘rilishi boshqa vaqtga qoldiriladi.



Download 1,21 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Ishga tegishsiz tarafni almashtirish

Download 1,21 Mb.