Imkoniyatlari Web-saytlarni




Download 61.42 Kb.
bet1/6
Sana25.09.2023
Hajmi61.42 Kb.
#84269
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
Attestatsiya.14.03.2022 (1), Документ Microsoft Word (7), Hujjat, bJFIS07YpEm2ps7EongBExZkCJEkeqwXVi2QGMfX, 9 (1), 1683272503, Mustaqil ish mavzulari, 5-sinf-matematika-fanidan-barcha-choraklar-uchun-test-savollari-toplami, Falsafa asoslari, 5-sinf-8.-Do-you-have-a-hobby, Xamidova Sevara, Chapter-2

Web sahifa yaratish imkoniyatlari

Web–saytlarni loyihalashda asos qilib olingan eng muhim pritsiplarni aniqlab olamiz.


Foydalanuvchilar uchun aniqlash
Web–sayt loyihalarining yaxshi ishlashi uchun foydalanuvchilar ko‘nglini topishdagi absolyut xohish eng muhim shart hisoblanadi. Barcha saytlar ular uchun tayyorlanadi. Bunda yaratishdagi rejalashtiriladigan har qanday texnologiya foydalanuvchi ishini osonlashtirishni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
Keng davradagi foydalanuvchilarga mo‘ljal olish
Har bir biznesning maqsadi pul topishdir. Har bir Web–saytning maqsadi esa, maqsadli auditoriya uchun ishlash. Web–sayt maksimal miqdordagi foydalanuvchilar mushkulini oson qilishi kerak.
Foydalanuvchilarni quvvatlash
Web–saytning normal ishlashi uchun foydalanuvchilar bilan teskari bog‘lanish zarur. Ularga Web–saytda etarlicha komfort bo‘lishi kerak. Buning uchun har xil informatsion quvvatlab turish vositalarini tatdbiq etish talab etiladi, masalan, nisbatan murakkab jarayon ishlari bo‘yicha spravochnik materiallarini saytda chop etish; tez-tez beriladigan savollarga javoblarni chop etish va b.q.
Vaqt o‘tishi bilan tekshirilgan usullarni qo‘llash
Eng avval bu texnologiyaga xos internet tadqiqotchilari eng ko‘p tarqalgan texnologiyaga mo‘ljal olishlari zarur. Internetdagi har bir yangilik foydalanuvchilarga mos keladigan qat’iy testdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Aks holda texnologiyadan foydalanishda saytda qatnashuvchilar soni kamayib ketishi mumkin.
Jamoa ishi
Ilgari Web–saytni ishlab chiqarish va uni kuzatish bilan bitta odam shug‘ullanishi mumkin, deb qaralar edi. Bunday odam Web–master deb atalar edi. U bir nechta vazifalarni bajarish kerak edi, masalan, sistema administratori, ma’lumot baza administratori, programmist, dizayner, HTML–koder (varaqlovchi), jurnalist, marketolog, Web–loyiha menejeri va b.q. Lekin, Web–saytni to‘g‘ri rejalashtirishda yuqoridagi vazifalarni baravariga bajara oladigan odam topilmasligi aniq. Bu holatdan chiqib ketishning bitta yo‘li bor; bu ham bo‘lsa, Web–saytni tatdbiq qilish bilan birga Web–sayt ish asbobi (instrument) bo‘ladigan yangi biznes–jarayonlarini yaratishdir. Masalan, yangiliklarni kim tayyorlaydi va chop etadi? SMI vakillari va jamoatchilik bilan Web–sayt orqali kim muomala qiladi; Web–sayt orqali xizmat va mahsulotlarga buyurtmalarni ko‘rib chiqish vazifasini; imkoniyati bor haridorlarga maslaxat berishni; varaqalarini tartibli va xatosiz chop etib nazorat qilishni; Web–sayt uchun kompleks reklama kompaniyasini amalga oshirish va shu kabilarni kim bo‘yniga oladi?
Natijada Web–sayt ko‘pchilik biznes–jarayonlarda qulay va kerakli asbobga aylanadi.
Ortiqchalikni yo‘qotish
Internet–bu ortiqchalikka ko‘z yumib ketadigan muxit emas. Internetdan foydalanuvchilar hamisha duch keladigan muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: aloqa kanalining bo‘shligi; kirish narxining yuqoriligi; raqobatdagi axborotlarning haddan tashqari kupligi; behisob axborotlar ichida mo‘ljal olish murakkabligi; monitor ekranida matnlarni o‘qish qiyinligi; Web–saytni loyixalashda yuqoridagilarni inobatga olish zarur.
Foydalanuvchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida voz kechish mumkin bo‘lgan ko‘plab uchrab turadigan ortiqchaliklar;
Murakkab va esga solish qiyin bo‘ladigan Web–sayt xillari.
Mijozga tushadigan ortiqcha yuklama, mijoz tomonidan nostandart texnologiyadan foydalanish, (bu–kontekstda “mijoz”–Web–sayt tashrif buyuruvchilari foydalanadigan brauzerlar).
Grafika va animatsiyalardan ortiqcha foydalanish.
Axborot saxifalarini ortiqcha yuklash.
Menyudagi punktlarning haddan tashqari ko‘pligi (6-8 tadan kup)

Maqolalardagi ortiqcha axborotlarning mavjudligi, maqolalar yomon yozilgan.
Web–saytda jiddiy informatsion yuklamalarni o‘zida aks ettirmagan ortiqcha oraliq sahifalardan foydalanish.
Sahifalarning yuqori qismida noratsional foydalanish, (muhim bo‘lmagan axborotlarning ko‘pligi).
Web–sayt maqsad va vazifalari tahlili Web–sayt mohiyatini aniqlash
Web–saytdagi foydalanuvchilar tartibi va ular ishlarini tashkil etish prinsiplarini aniqlash juda muhimdir. Web–sayt foydalanuvchisining ismi bo‘lishi kerak, degan savolga aniq javob bera olsangizgina bo‘lajak Web–saytni ko‘z oldingizga aniq keltirasiz. Buning uchun foydalanuvchilar extiyojlar va Web–saytga jalb etish mumkin bo‘lgan jarayonlarni, axborotlar to‘laqonligi va bajarish darajasini ko‘z oldiga keltirishi kerak. Bular barchasi kerakli qarorlarni qabul qilishda asqotadi.
Informatsion mavzularni aniqlash va tashkil etish
Taklif qilinayotgan Web–sayt auditoriya tartibini va saytda tashkil qilinajak jarayonlarni analiz etib, uning informatsion modelini aniqlash mumkin. Buning uchun har bir foydalanuvchi guruh uchun mo‘ljallangan informatsion mavzularni aniqlash, keyin ularni kategoriyalar bo‘yicha taqsimlash kerak bo‘ladi. So‘ngra informatsion mavzular o‘rtasida vertikal va gorizontal aloqalar ko‘rsatib, Web–saytning informatsion ierarxiyasini tuzish zarur bo‘ladi. Olingan strukturani Web–saytda amalga oshirilajak jarayonlarga mos keladigan tarzda shunday tekshirish kerakki, undagi har bir konkret jarayon informatsion strukturaga mos tushsin.
Tavsiya qilinayotgan analiz sxemasini umuman istagan korporativ va informatsion Web– saytlar uchun qo‘llasa bo‘ladi. Bu Web–saytning umumiy–funksionalligi va mohiyatini aniqlashda dudmollik (ikki ma’nolik)dan voz kechishga va shu bilan tadqiqotchilar uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni olishga imkon beradi,[20;167-180].
Web–saytni ishlab chiqish praktikumi quyida keltirilgan:
A. Web–saytning maqsadli auditoriyasini aniqlang
Web–sayt foydalanuvchilari maqsadli guruh ro‘yxatini tuzing.
Web–saytdagi maqsad bo‘yicha bir − biriga yaqin foydalanuvchilar guruhlarini guruhga ajrating, masalan:
mijozlar (doimiy mijozlar, potensial mijozlar);
hamkorlar (mavjud hamkorlar, potensial hamkorlar);
Mutaxassislar (noraqobat kompaniya mutaxassislari, boshlovchi mutaxassislar, ekspertlar);
OAV vakillari.
Web–saytda sodir bo‘ladigan jarayonlarni aniqlang
Web–sayt orqali amalga oshirilajak jarayonlar ro‘yxatini tuzing, masalan:
mijoz tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar to‘g‘risida axborot olish;
mahsulotlarni sotib olish uchun oldindan berilgan buyurtmalarni rasmiylashtirish;
korporativ yangiliklarni mijoz, hamkor, OAV vakillari tomonidan olinishi;
professional mavzular mutaxassislar tomonidan muhokama etilishi;
mijoz va hamkorlar bilan so‘rov o‘tkazish;
Oldingi ikki punktda olingan axborotlardan foydalanib Web–sayt informatsion mavzular ro‘yxatini tuzing. Mavzularni ierarxiya bo‘yicha taqsimlang, masalan:
kompaniya tog‘risida umumiy axborot;
kompaniya yangiliklari;
sotuv maydonchasi (elektron vitrina)–mahsulotlar axboroti–oldindan berilgan buyurtmalar shakli;
Hamkorlar (partner) uchun axborot–potensial hamkorlar uchun axborot–hamkorlik to‘g‘risida taklif shakli–amaldagi hamkorlar uchun axborot;
mutaxassislar uchun axborot–informatsion maqolalar–forum;
kontaktli ma’lumotlar.
D.Web–sayt dizayni konsepsiyasini aniqlang
Dizaynga bo‘lgan korporativ talablar va uning maqsadli moxiyatidan kelib chiqib, dizaynga quyilgan muhim talablarni aniqlang, masalan:
sahifa yuqori qismidagidagi logotip;
yorug‘ fan, korporativ ranglar ( ko‘k, sariq);
hamkorlar bilan puxta ishlashga, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga e’tibor beradigan, mavjud an’analar bilan dinamik shaklda rivojlanadigan kompaniya obrazi. Biz, bozor sektorida qonunshunos kabi ish ko‘rarmiz.
Har bir etuk mutaxassis faqat bizda ishlashni xoxlaydi.
-kolontitul pastki qismidagi kopirayt.
Web–sayt navigatsion modelini loyihalash
Web–sayt navigatsion modeli foydalanuvchilar maqsadli guruhi xoxishlarini inobatga olgan holda informatsion ierarxik struktura asosida quriladi va Web–saytning barcha zarur sahifalari ta’riflarini va navigatsiya elementlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi navbatda, saytning bosh menyusi va servislar menyusini aniqlash zarur. Web– sayt bosh menyusiga bosh sahifa (main page, homepage)dagi giperbog‘lanish (ssыlka) va saytning asosiy informatsion bo‘limlari kiradi. YA’ni, Web–saytning informatsion to‘ldiruvchilariga tegishli bo‘limlar. Bunaqa bo‘limlar soni uchdan oltigacha bo‘lishi kerak, aks holda sayt bo‘yicha navigatsiyani amalga oshirish qiyinlashadi. Agar informatsion bo‘limlar soni ko‘p bo‘lsa, mavzu yoki foydalanuvchilar guruhlari bo‘yicha o‘xshash bo‘limlarni joylashtirish mumkin. Masalan, yangiliklar, press–relizlar va OAV vakillari uchun axborotlarni “Press–Sentr” bo‘limiga birlashtirish mumkin. Bosh menyuni tuzishda asosiy e’tiborni turli xil kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishga qaratish kerak; har xil murakkablikdagi axborotlarga (boshlovchi va ekspertlar); birinchi marta tashrif buyuruvchilarga va doimiy tashrif buyuruvchilarga.
Servislar menyusiga Web–saytning informatsion to‘ldiruvchilariga tegishli bo‘lmagan bo‘limlar kiradi. Lekin ular yordamchi servislar hisoblanadi. Masalan, sayt bo‘yicha sayt kartasi, umumiy savollar bo‘yicha kontaktli ma’lumotlar; umumiy savollar bo‘yicha teskari bog‘lanish formasi va b.k. Bunday servislar har bir tashrif buyuruvchi va har bir Web–sayt saxifasida doim saqlanishi kerak.
Bosh menyu va servislar menyusi aniqlab bo‘lingach, Web–sayt bo‘limlarining ichki strukturasi va navigatsiyalarini analiz qilish zarur.
Web–navigatsiyaning 4 xili mavjud.
YAssi–barcha saxifalar umumiy giperbog‘lanishga ega. Bunda bir sahifadan boshqa ixtiyoriy sahifaga o‘tish mumkin. Sayt sahifalari yuqori darajali yoki yirik sayt bo‘limlari ko‘rniishida ishlatiladi.

Download 61.42 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 61.42 Kb.