Tayanch iboralar: fuqarolik protsessiga oid huquqiy munosabatlar tushun chasi, fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarni vujudga kelish asoslari, fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarning sub’ektlari va ularning tasnifi, odil sudlovni amatga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar, ularning protsessual huquqiy holati, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushun chasi, tarkibi hamda ularning huquq va majburiyatlari.
Bizga ma’lumki huquqiy munosabatlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deb aytiladi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarnining, ya’ni fuqarolar bilan fuqarolar, tashkilotlar bilan fuqarolar o‘rtasida bo‘ladigan shaxsiy, mulkiy, oila huquqi, mehnatga oid, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan, ayrim tashkilotlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarning suda ko‘rilishi va hal qilinishida qonunda belgilangan hollarda sud va boshqa organlar qarorlarining ijro qilinishida ishtirok etuvchilar o‘rtasida bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlardan iborat.
Bunday huquqiy munosabatlar sud bilan fuqarolik ishi yuzasidan bo‘lgan da’vogar o‘rtasida, sud bilan javobgar o‘rtasida, sud bilan prokuror va boshqa organlar o‘rtasida, sud bilan taraflarning vakillari o‘rtasida bo‘lib, fuqarolik protsessual huquqiy normalar bilan tartibga solinganligi tufayli fuqarolik huquqiy munosabatlar hisoblanadi.
Albatta har bir jismoniy yoki yuridik shaxs huquqiy munsabat sub’ekti bo‘lishi uchun qonun hujjatlarda belgilangan tartibda huquq yoki muo mala layoqatiga ega bo‘lishi kerak.
Ayrim yuridik adabiyotlarda belgilanishicha fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. Bularga birinchidan, sud har bir fuqarolik protsessual munosabatda, albatta ishtirok etuvchi sub’ekt bo‘lib ko‘riladi. Bunday munosabatlar yuqorida aytganimizdek, sud bilan protsessda ishtirok etuvchilarning bir o‘rtasida, masalan, sud bilan da’vogar o‘rtasida, sud bilan javobgar o‘rtasida va protsessning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladi. Lekin bo‘nday munosabatlar sud bilan progtsessning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida bir vaqtning o‘zida vujudga kelmaydi. Shuni ta’kidlash o‘rinliki protsessual munosabatlarda har doim faqat ikkita sub’ekt bo‘lib, ulardan biri albatta sud bo‘ladi. Shuningdek fuqarolik protsessining ishtirokchilari bilan protsessual huquqiy munosabatlar faqatgina sud tomonidan fuqarolik ishini qo‘zg‘atish bilban vujudga kelishi ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Bir so‘z bilan aytganda sud bilan fuqarolik protsessii ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar suddan tashqari holatlarda vujudga kelmaydi.
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar faqatgina huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan munosabatlarga kirisha oladi. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi ya’ni protsessual huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bilan sudning huquqiy munosabatga kirishishi o‘z navbatida sub’ektlarning bir biri bilan bog‘likligini ham belgilaydi. Masalan, sudning da’vogar bilan protsessual huquqiy munosabatga kirishishi albatta sudning javobgar bilan huququiy munosabatga kirishishi uchu nasos bo‘lib hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda fuqarolik protsessual huquqiy munosabat tarkib jihatdan murakkab huquqiy munosabat bo‘lib hisoblanadi.
Fuqarolik protsesual huquqiy munosabat sub’ektlari protsessning barcha bug‘inlarida ya’ni protsessual kodeksda belgilangan tartibda huquq va majburiyatga ega bo‘ladi va ular o‘z protsessual huquq va majburiyatini ushbu kodeks asosida amalga oshiradi. Masalan, protsessual huquq deganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar ko‘rilayotgan ish materiallari bilan tanishishlari, ulardan ko‘chirmalar olishlari, rad etish to‘g‘risida arz qilishlari, dalillarni tekshirishda ishtirok etishlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki odil sudlovni amalga oshirukvchi shaxslarga savollar berishi, sudga og‘zaki yoki yozma tushun tirishlar berish, iltimoslar taqdim qilish, sudning chiqargan qarorlarigsha nisbatan o‘zining norziligini shikoyat tartibida amalga oshirishga egadirlar.
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat ishtirokchilarning majburiyati ham fuqarolik protsessual kodeksda belgilab qo‘yilgan. Masalan, ishda ishtirok etuvchi shaxs sud tomonidan JKning 238-240-moddalari asosida ogohlantiriladi ya’ni sudga faqat to‘g‘ri gapirishni ya’ni yolg‘on ko‘rsatma bermaslik haqida ogohlantiriladi. Bundan tashqari protsess ishtirokchilari sudyaning harakatlariga quloq solishlari, berilgan savollarga to‘g‘ri javob beri shva h.k. ni ta’kidlash mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibi FPK ning 33-moddasida va yuqorida qayd qilingan huquqlar boshqa moddalarda ham belgilab qo‘yilgan.
|