8) Ishning uzluksiz ko‘rilishi prinsipi.
Bu printsip sud ishining boshlanishidan to oxirigacha, ya’ni sudning hal qiluv qarori chiqarilishiga qadar uzluksiz sud majlisida va sudning o‘zgarmagan tarkibida ko‘rilishini va bu ish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarilmaguncha boshqa ishlarning ko‘rilmasligini talab qiladi.
Jarayonning uzluksizligi printsipiga binoan ishning ko‘rilishi tamom bo‘lgan zamon darhol qaror chiqarilishi va uni e’lon qilinishi lozim bo‘ladi. Ko‘rilgan ish yuzasidan chiqarilgan qarorni e’lon etmasdan turib boshqa ishni ko‘rishga sud haqli bo‘lmaydi. Faqat ayrim hollardagina, istesnolar sifatida, murakkab ishlar bo‘yicha sudning asoslantirilgan qarorining tayyorlanishi uch kundan oshiq bo‘lmagan muddatga kechiktirilishi mumkin bo‘ladi.
Sud qarori chiqarishda faqat sudni mazmunan boshidan oxirigacha ko‘rishda ishtirok etgan sudyalargina qatnasha oladilar. Har bir ish bo‘yicha sud majlisi, dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Sud uzluksiz boshlangan ishning ko‘rilishini tamomlanmasdan yoki uni ko‘rishni boshqa vaqtga qoldirmasdan turib boshqa ishni ko‘rishga haqli emaslar. Agar ishning ko‘rilishi davomida sud tarkibi o‘zgarsa-ishning ko‘rilishi yangidan boshlanadi.
|