4) TortiShuvchilik printsipi.
Fuqarolik jarayonida bu printsip tubandagilardan iborat: birinchidan, ishda ishtirok etuvchi har qanday shaxs fuqarolik ishi to‘g‘risida arz qilishi, bayonotlar berishi, e’tiroz bildirishi, iltimoslar qilishi, sudga dalillar topshirish bilan o‘zining haqligini isbotlashi, Shu mazmuni bo‘yicha o‘z fikrlarini aytishi mumkin; ikkinchidan, prokuror ish holatlarini isbotlashi, ishning ayrim masalalari yuzasidan, Shuningdek hamma ish bo‘yicha sudga o‘z fikrini berishi mumkin; uchinchidan, sud holisona usul bilan haqiqatni belgilash maqsadida o‘z tashabbusi bilan dalillar to‘plash huquqiga egadir.
Tortishuvlik printsipiga muvofiq har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatilgan holatlarni isbotlashi kerak, Shuning uchun taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar zarur dalillarni sudga keltiradilar. Agar taqdim etilgan dalillar etarli bo‘lmasa, sud taraflarga va ishda ishtirok qiluvchi boshqa shaxslarga qo‘shimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi. qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qyinchilik tug‘dirsa, sud ularning iltimosiga ko‘ra, dalillarni to‘plashda ularga yordam berishlari mumkin (FPKning 57-moddasi).
Yuqorida keltirilgan qonundan ma’lum bo‘lishicha, tortishuvchilik printsipi taraflarning ish holatlarini isbotlash borasida bo‘lgan huquq va burchlarining sudning ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan holatlarni aniqlashga bo‘lgan huquq va burchlari bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lishligini bildiradi. Ishda qatnashuvchi taraflarning o‘z talablari va e’tirozlarini isbotlash uchun keltirilgan dalillar sud tomonidan tekshiriladi va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa faktlar bilan solishtiriladi hamda zarur hollarda taraflardan boshqa qo‘shimcha dalillar keltirish talab qilinadi yoki sud bu dalillarni to‘plashda ularga yordam ko‘rsatadi.
Tortishuvchilik printsipi-sudning chiqargan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosli bo‘lishligini kassatsiya tartibida tekshiruvchi ikkinchi instantsiya sudida ham qo‘llaniladi. Binobarin, taraflar kassatsiya shikoyatni yoki prokurorning kassatsiya protestining rad qilinishini ko‘zlab o‘zlarining bayonotlarini berishga ham haqli bo‘ladilar.
Qonun tortishuvchilik printsipining amalga oshirilishi printsipini ta’minlash maqsadlarida fuqarolik ishlarini ko‘ruvchi va hal qiluvchi sudlarga muayyan burchlar ham yuklaydi. FPKning 15-moddasida belgilanganidek, sud taqdim qilingan hujjatlar va bayonotlar bilangina cheklanmasdan, ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va burchlarini to‘liq va holisona ravishda aniqlash uchun qonunda ko‘rsatilgan hamma choralarni ko‘rishga haqli.
Sud ishda ishtirok qilayotgan shaxslarga ularning huquq va burchlarini tushun tirish, protsessual harakatlar qilishi yoki qilmasligining oqibatlari to‘g‘risida ularni xabardor qilishi hamda ishda ishtirok qilayotgan shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda yordam ko‘rsatishi lozim.
|