7. Sudda ish ko‘rishning oshkoroligi printsipi. Qonun bilan belgilangan ayrim istesnolardan tashqari, barcha hollarda, ishlarning hamma sudlarda ochiq ko‘rilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasi bilan belgilangan va kafolatlangan. Shunga binoan fuqarolik sud ishlari oshkora ravishda, fuqarolarning ishtirokida ko‘riladi.
Fuqarolik sud ishlarining ochiq, oshkora ko‘rilishi ishda ishtirok etuvchilarga, shuningdek sud zalida hozir bo‘lgan boshqa shaxslarda ham, katta ta’surot qoldirib, sud jarayonining tarbiyaviy rolini ta’minlaydi.
Ishlarning ochiq ko‘rilishi fuqarolarga sudyalarning ishlari bilan bevosita tanishish, ularning faoliyatini xalq nazorati ostiga olish imkonini beradi va shuning o‘zi bilan fuqarolik ishlarining to‘g‘ri hal etilishini ta’minlaydi.
FPKning 10-moddasida ko‘rsatilganidek, barcha sudlarda ishlarni ko‘rish, oshkora olib boriladi. Bunda ba’zi istesnolar belgilangan. Chunonchi: qonunda belgilanishicha, davlat sirini saqlash manfaatlari yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning hayot sirlariga oid ma’lumotlarning fosh qilinmasligi talab qilingan barcha hollarda hamda tijorat sirlarini saqlash bilan bog‘liq bo‘lsa, farzandlikka olishning sir saqlanishiga oid ma’lumotlarni va yozishmalarni sirini fosh bo‘lmasligi, sudning asoslangan ajrimiga binoan sudda ish ko‘rish butunlay yoki qisman yopiq ravishda o‘tkaziladi.
Sud majlisida ish yopiq ko‘rilsa, bu majlisda ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ularning vakillari sudda ishni ko‘rishda qatnashishga yo‘l qo‘yilgan jamoat tashkilotlari vakillari, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham qatnashadilar.
Ishning yopiq sud majlisida ko‘rilishi to‘g‘risidagi ajrim sudya (sud) tomonidan chiqarilishi tegishli ravishda asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Yopiq sud majlisida qabul qilingan sud qarorlari hamma hollarda oshkora e’lon qilinadi.
Sud ishlarining yuritilishini belgilaydigan ikkinchi guruh tamoyil (printsip)lar tubandagilardan iborat:
|