O‘zbekiston respubilkasi




Download 1,21 Mb.
bet11/144
Sana16.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#171
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   144
5. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi printsipi. Sudyalar mustaqil ish ko‘rishlari va faqat qonunga bo‘ysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarligi to‘g‘risida Konstitutsiyada maxsus qoida belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-sining 112-moddasi).

“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda sudyalarning mustaqilligini ta’minlash masalasiga ta’rif berilgan bo‘lib, bunga ko‘ra ularni qonun bilan belgilangan tartibda saylash, tayinlash, ozod qilish; sudyalar daxlsizligi; odil sudlov qat’iy tartibda amalga oshirilishi; qaror chiqarish chogida sudyalar maslaxatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab qilishni ta’qiqlashi; sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashish; sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik; sudyaga uning oliy maqomiga munosib ravishda davlat hisobidan moddiy va ijtimoiy ta’minot belgilash orqali ta’minlanishi belgilangan.

Bulardan tashqari davlat idoralari va boshqa tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalar mustaqilligini hurmat qilishlari va shunga rioya etish shartligi sudyalarga hurmatsizlik bildirib, shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi harakatlar qilish amaldagi qonunlarga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladigan holatlar bo‘lib hisoblanadi.

Odil sudlovni amalga oshirish borasida sudyalarning amalga oshirishi lozim bo‘lgan protsessual qoidalarni buzishga qaratilgan ommaviy axborot vositalarining xabarlari, ish bo‘yicha hukm, hal qiluv qarori chiqmasdan oldin ishni qanday hal bo‘lishi lozimligi haqida fikr bildirish ta’qiqlanadi.

Konstitutsiyaning bu talabi Fuqarolik va Jinoyat protsessual kodekslarida hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘z aksini topgan va takomillashtirilgan, masalan, FPKning 7-moddasida aytilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.

Sudyalar fuqarolik ishlarini qonun asosida, mustaqil Respublikaning huquqiy tushun chasiga muvofiq sudyalarga chetdan ta’sir etishga yo‘l qo‘yilmaydigan sharoitda hal qilishlari lozim. Ishni ko‘rishda tashqi ta’sirot bo‘lmasligi zaminida, ishning qanday hal qilinishi kerakligi to‘g‘risida hech kimning ko‘rsatma bermasligi, bunday huquq yuqori sudga ham berilmaganligi to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan.

Sudyalarning mustaqilligi qator protsessual normalar bilan ta’minlanadi. Chunonchi: qaror chiqarishda sudyalar maslaxati sir saqlanadi; ish yuzasidan biron-bir masalani hal etishda, qaror chiqarishda sudya mustaqil bo‘lib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlari mumkin. qarorga qo‘shilmagan sudya o‘zlarini alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidirlar.

Sudyalar fuqarolik ishlari yuzasidan keltirilgan dalillarga baho berishda ish holatlarini aniqlashda, ish va ishga oid boshqa masalalarni ko‘rish va hal qilishda qo‘llanishi lozim bo‘lgan huquqiy me’yorlarni tanlashda mustaqildirlar.

Ishning sudda ko‘rilishida prokuror yoki davlat idora organining, ekspert va mutaxassislarning bergan fikrlari, Shuningdek jamoat tashkilotlari fikrlari sud uchun majburiy emas.

Ishni kassatsiya va nazorat tartibida ko‘ruvchi yuqori sud idoralari ham sud qarorini bekor qilishda va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishda qanday hal qilish lozimligi haqida ko‘rsatma berishga haqli emaslar.




Download 1,21 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   144




Download 1,21 Mb.