Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmalariga DTS ga asosan qo‘yilgan talablar
Bakalavr
- fuqarolik protsessual qonunchiligiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
- fuqarolik sud ishlarini yuritish turlari;
- protsess ishtirokchilari va ularning huquqiy maqomi;
- sud qarorlari chiqarish va ularning ijrosi;
- sud qarorlarini yuqori instantsiyalar (appelyatsiya, kassattsiya, nazorat)da qayta ko‘rish asoslari va tartibi haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak;
- sudlarda fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal etish tartibini;
- birinchi instantsiya sudining qarorlari ustidan berilgan shikoyat va protestlarni ko‘rishni;
- yuqori sud instantsiyalari vakolatlarini bilishi va qo‘llay olishi kerak.
- fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasidagi fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarni o‘rganish va tahlil qilish;
- fuqarolik protsessual qonunchilik normalarini sud-huquq islohotlari bilan uzviy ravishda o‘rganish;
- fuqarolik ishlari yuzasidan sifatli va malakali yuridik xulosalar tayyorlash, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko‘rsatish yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
|