Rezorsinning chinligini aniqlash. Rezorsinni aniqlash uchun kosmetik vositaning quruq qoldig‘i suvda eritiladi, bunda eritma neytral muhitga ega bo‘lishi loztim. Eritmaga temir xlorid (III) qo‘shilganida to‘q binafsha rang hosil bo‘lishi kerak.
Rezorsinning erish harorati 111-1120 S. Rezorsin ammiakli kumush eritmasi bilayn birga qaynatilganida qaytaruvchi vazifasini bajaradi hamda ftal kislotasi bilan qo‘shib qizdirilganida fluoressein bo‘yog‘i hosil bo‘ladi. Xlorli suv rezorsin eritmalarini oldin binafsha, keyin sariq va ohirida qizil rang, bromli suv va ammiak eritmasi esa yashil rang hosil qiladi. Rezonsinga kaliy gidroksid qo‘shib qizdirilganidan keyin eritmaga bir nechta tomchi xloroform qo‘shilsa, eritma qizil rangga o‘tadi. Rezorsin miqdoriga ikki marta ko‘p vino kislotasi va bir nechta tomchi konsentrlangan sulfat kislotasi qo‘shilsa, eritma to‘q-qizil rangga o‘tadi.
Rezorsinni salitsilat kislotasidan ajratish uchun quruq qoldiqning bir qismini ishqori eritmasida eritish, karbonat angidridi bilan to‘yintirish va efir bilan chayqatish lozim. Ushbu sharoitda rezorsin efir qatlamiga o‘tadi, natriy salitsilat esa suvli qatlamda qoladi, suvli qatlamni ajratib olib, unga xlorid kislotasi qo‘shilsa, salitsilat kislotasi cho‘kmaga tushadi.
|