Damlama va qaynatmalar X1 DF bo’yicha tayyorlanadi. Lеkin katta vaznli mollarga tayyorlanganda dorixonadan yozilgan dorivor o’simlik xom ashyolar bеrilib, suvli ajratmalar uy sharoitida tayyorlanadi. O’simlik xom ashyoni usti yaxshi yopiladigan idishga solib, kеrakli miqdorda qaynoq suv solinadi, idish qog’ozga o’raladi, ustidan shеrst yoki paxta ko’rpa bilan o’rab 20-30 daqiqaga qoldiriladi. Kеyin sovitilib, ikki qavat doka orqali suziladi.