|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 422/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
14-laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Polimer dorivor pardalarni tayyorlash asoslari
Mavzuni ahamiyati: Ta’siri uzaytirilgan dori turlari - polimer dorivor pardalar tuzilishi, ta’sir etish mexanizmi, texnologiyasi bo‘yicha amaliy savollarni o‘zlashtirish. Ta’siri uzaytirilgan dori turlari - polimer dorivor pardalar tuzilishini o‘rganish, ta’sir etish mexanizmi, texnologiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish.
Vaziyatli masalalar:
Furatsilin bilan polimer dori parda tayorlash jarayonida talaba polimer plyonkasiga (10% jelatin eritmasi)ga furatsilin qo‘shib aralashtirdi va massani yuzaga quyib quritish uchun qoldirdi. Talaba qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?
Etakridin laktat bilan polimer dori parda olishda talaba etakridin laktatning issiq eritmasiga jelatin qo‘shib, yaxshilab aralashtirdi va yassi shisha idishga (Petri kosachasiga) quydi. Texnologiyada talaba yo‘l qo‘ygan hatolarni izohlang.
Talaba polimer dori parda tayyorlashda aralashmaga glitserin qo‘shishni unutdi, polimer dorivor modda sifatiga bu qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Polimer dori parda tayyorlashda polimer massaga talaba plastifikator sifatida vazelin qo‘shdi. Tayyor dori pardaning sifatiga bu qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Polimer dori parda tayyorlashda talaba issiq suvda furatsilin eritdi, so‘ng darhol jelatinni qo‘shib, suv hammomida isitdi va massani Petri idishlariga quydi. Qanday xato qilindi?
Tayyor dori polimer pardani sifatini baholashda talaba pardada ko‘p havo puffakchalari xosil bo‘lganini aniqladi. Bu nima sababli? Dori pardani sifati talabga javob beradimi?
|
| |