O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar




Download 6,71 Mb.
bet506/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   517

KIRISH


  1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Talabalarga gomeopatik, pediatriya, geriatriya, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi, tayyorlash usullarining o’ziga hosligi va xozirgi zamon talablari, dori turidan dorivor moddani ajralib chiqishini boshqaruvchi sistemalar, ta’siri oldindan belgilangan va uzaytirilgan hamda yo‘naltirilgan holda a’zo, to‘qima va hujayralarga etkazishini ta’minlovchi dori vositalariga oid bilimlarni berish maqsadida “Maxsus dori turlari texnologiyasi” fani ta’lim dasturiga kiritildi.

Fan bo’yicha talabalarining bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:



  • Maxsus dori turlari texnologiyaning asosiy tushunchalari, uning maqsad va vazifalari, rivojlanish bosqichlari, gomeopatiya, yoshiga qarab beriladigan, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qo’llaniladigan hamda zamonaviy (dori turidan dorivor moddani ajralib chiqishini boshqaruvchi sistemalar, ta’siri oldindan belgilangan va uzaytirilgan hamda yo‘naltirilgan holda a’zo, to‘qima va hujayralarga etkazishini ta’minlovchi) dorilar texnologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirishlarning asosiy yo‘nalishlari;

  • Bugungi kundagi gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlari nomenklaturasi va tasnifi;

  • Gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlarini tayyorlashning asoslari, qadoqlash va jihozlash masalalari;

  • Dori turlarini sifatini me’yoriy hujjatlar asosida nazorat qilish tartibi;

  • Dori turlarining tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi.

  • Gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlarini tayyorlash uchun xonalarga, jihoz va asbob-uskunalarga, xodimlarga qo‘yiladigan talablar;

  • Gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlari texnologiyasida qo‘llaniladigan yordamchi moddalar va ularni ta’sir etuvchi moddaning fizik-kimyoviy xossalaridan kelib chiqqan holda tanlash;

  • Dori turlarining texnologiyasini ishlab chiqish, bunda hisoblarni to‘g‘ri olib borishni bilish va ulardan foydalana olish.

  • Gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlarini tayyorlash;

  • Amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga binoan sifatini baholash;

  • Tayyorlangan dori turlarini asosiy ta’sir etuvchi moddaning fizik-kimyoviy xossalaridan kelib chiqib qadoqlash va jihozlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 6,71 Mb.
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Download 6,71 Mb.