Meva essensiyalari, meva shiralari, o‘simlik ekstraktlari




Download 6.71 Mb.
bet63/517
Sana01.07.2021
Hajmi6.71 Mb.
#15312
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   517
Meva essensiyalari, meva shiralari, o‘simlik ekstraktlari

Farmatsevtika sanoatida quyidagi korrigentlar ko‘p qo‘llaniladi: «karamel», «limon», «apelsin», «yalpiz», «qulupnay», «vanil» va chuchkmiya ekstrakti.

Bir turdagi korrigentni olish uchun ayrim hollarda 100 ga yaqin alohida birikmalar ishlatiladi va bir dori turidagi korigentlar soni o‘nga yaqin bo‘lishi mumkin.

Bunday hollarda yaqinda farmatsevtika va oziq-ovqat bozorida endi paydo bo‘lgan ko‘p funksionalli korrigentlarni qo‘llash istiqbolli hisoblanadi.

Masalan, apelsinli kremni boshqa korrigentlarni qo‘shmasdan nordon, achchiq, sho‘r va metallik ta’mlarni tuzatish uchun qo‘llash mumkin. Shu sabali ushbu uorrigent tarkibida paratsetamol saqlaydigan bolalar uchun mo‘ljllangan dori preparatlar tarkibida ishlatiladi.

Masalan, «greypfrut» hami achchiq, nordon, sho‘r, shirin va metallik ta’mlarni tuzatsa, «qulupnay» esa faqat metillik ta’mni tuzatishi mumkin.

Limon kislotasi – asosan bufer, ya’ni eritmaning pH ko‘rsatkichini mo‘‘tadillashtirish va o‘ta shirin ta’mni tuzatish uchun ishlatiladi.

Shilimshiq moddalar (agar-agar, kraxmal kleysteri va b.) – dori preparatlar tarkibiga o‘rab oluvchi ta’sir ko‘rsatadigan hamda bog‘lovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Qobiq bilan qoplash. Ushbu ta’m tuzatish usulini qattiq dori moddalarga qo‘llash mumkin, asosan tabletkalarga. Tabletkalarni qobiq bilan qoplash keng ko‘lamli axhamiyatga ega, biroq bizni faqatgina noxush ta’mni tuzatish masalasi qiziqtiradi. Bu maqsadda suvda eruvchan parda bilan qobiqlash ko‘p ishlatiladi. Buning uchun yadro-tabletkalari suvda eruvchan polietilendioksid yoki polivinilpirrolidonning 50-90% etil yoki izopropil spirtdagi 20-30% eritmasi, shuningdek metilsellyuloza va karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzining 4-7% eritmalari bilan qoplanadi.

Oshqozon shirasida eriydigan qoplamalar benzilamin- va dietilaminobenzilsellyuloza, p-aminobenzoat, glyukoza, fruktoza, mannit, vinilpiridin va jelatin kabi moddalar eritmalari bilan ishlov beriladi. Ushbu moddalarni qo‘llash tabletkaga yaxshi tovar ko‘rinish beradi.

Dori vosita tarkibiga qo‘shiladigan korrigent turi va miqdori dori moddaning tarkibi, ta’mi va hidiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir bolalar uchun mo‘ljallangan dori vosita tarkibiga kiritiladigan korrigentlar ilmiy jihatdan asoslanishi kerak.

Korrigentlarni qo’llash asoslari:

1. Achchiq ta’mni niqoblash uchun quyidagilar qo’llaniladi:

а) qiyomlar (malina, olcha, limon, qand va b.);

б) efir moylari (yalpiz, arpabodiyon, limon, apelsin va b.)

II. Sho’r ta’mni niqoblash uchun quyidagilar qo’llaniladi:

а) olcha, qorag’at qiyomi va limon kislotasi;

б) kako qiyomi va pomeranets, yalpiz efir moylari va limon kislotasi;

III. O’ta shirin ta’mni niqoblash uchun quyidagilar qo’llaniladi:

Sitrus mavalari sharbati, limon kislotasi, klyukva ekstrakti.

IV. Nordon ta’mni niqoblash uchun quyidagilar qo’llaniladi:

а) qiyomlar, shilimshiq moddalar, mava essensiyalar

б) efir moylari (apelsin)

V. Moy ta’mni niqoblash uchun quyidagilar qo’llaniladi:

Emulsiya hosil qilish, qiyom, xushbo’y va shilimshiq moddalar qo’shish

VI. Antibiotiklar noxush ta’mni niqoblash uchun quyidagilar qo’llaniladi:



  • Qiyom, agar-agar va kakao qo’shish

  • Vanilin, malina va qand qiyomini qo’shsish

VII. Vitaminlar noxush ta’mni niqoblash uchun quyidagilar qo’llaniladi:

- agar-agar, sitrus mevasi, qizilmiya ildizi quruq ekstrakti, stabilizator qo’silgan qiyomlar.

VIII. Natriy va kaliy bromid, kaltsiy xlorid, magniy sulfatlar noxush ta’mni niqoblash uchun quyidagilar qo’llaniladi:

- olcha, qorag’at va limon kislotasi qo’shilgan qiyomlar

Bo‘yovchi moddalar. Bugungi kunda dunyoda 20 mingdan ortiq dori preparatlari ishlatiladi. Ularning ta’siri turli yo‘nalishda bo‘lib, bir xil dori shaklda bo‘lsada, tashqi ko‘rinishi bo‘yicha deyarli farqlanmaydilar, shu sababli ishlab chiqarish va qo‘llash vaqtida ularni bir-biri bilan adashtirib yuborish ehtimoldan holi emas. Bu maqsadda eng oddiy, samarador va iqtisodiy jihatdan qulay usullardan biri bu ular tarkibiga bo‘yovchi moddalar yoki rangli materiallar qo‘shib, turli ranglarda ishlab chiqarish.

Ba’zan tabletkalarga turli belgilar ham bosiladi, biroq bu usul bo‘yash usuliga nisbatan qimmat va kam samarali deb hisoblanadi. Bu esa ko‘z nuri past va keksa yoshdagi bemorlar uchun o‘ta muhimdir. Dori preparatlarni bo‘yash farqlanishi oson bo‘lishi bilan birga, quyosh nuri ta’siridan, saqlash muddatini uzaytirish, rangni tuzatish, psixologik jihatdan preparat samaradorligini oshirish.

Biroq ishlab chiqarish nuqsonlarni (xoldorligi, marmarga o‘hshashligi, sirtini notekisligi, rang turining xilma-xilligini) bartaraf etish mumkin emas. Ayniqsa bolalar uchun mo‘ljallangan dori preparatlar tarkibiga bo‘yovchi moddalarni qo‘shishda ehtiyot bo‘lish lozim, chunki dori moddaning rang-barangligi bolaning qiziqishi ortib, noto‘g‘ri iste’mol qilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda farmatsevtika mahsulotlarga turli rang berish tobora keng tarqalmoqda. Butun jahon amaliyotida jelatina kapsulalarning 100%, yarmidan ko‘p drajelarga va 75% ichish uchun mo‘ljallangan suyuq dorilar (qiyom, mikstura va eliksirlar)ga hamda 50% ga yaqin tabletkalarga rang beriladi.

Ko‘z tomchilari, in’eksion va ingalyasion eritmalar odatda bo‘yalmaydi. Surtmalarni odatda teriga yaqin bo‘lgan rangga bo‘yash, dezinfeksiyalovchi eritmalarga esa ehtiyotkorlikga chaqiradigan rang beriladi, shuningdek ko‘p hollarda zaharli va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarga ham ehtiyot bo‘lishni ogohlantiruvchi rang (masalan, natriy eozinat bilan bo‘yash) berish tavsiya etiladi.

Evropa Iqtisodiy Ittifoqga a’zo bo’lgan davlatlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan 9 mingga yaqin tibbiyot va veterinariya preparatlari bo‘yalgan holda chiqariladi. Ko‘pincha buning uchun intensiv yorqin ranglardan foydalaniladi.

Biroq har doim ham haridorlarni e’tiborini tortish maqsadida dori preparatlarni turli ranglarga bo‘yash o‘z-o‘zini oqlamaydi. Chunki bo‘yovchi moddalarning inson organizmiga ko‘pincha zarar keltirishi hammaga ma’lum.

Shu sababli farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan bo‘yovchi moddalarga bir qator talablar qo‘yiladi: ishlatilgan miqdorda bezarar bo‘lishi; kanserogen, teratogen, mutagen bo‘lmasli; biologik faol bo‘lmasligi; dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan reaksiyaga kirishmasligi; rangni chidamliligi (bo‘yoqni migratsiyaga, diffuziyaga uchramasligi, quyosh nuri, pH muhit, oksidlovchi-qaytaruvchi moddalar va harorat ta’siriga chidamliligi); bo‘yvchi moddani kichik konsentratsida yuqori darajada bo‘yovchanligi; suv yoki moylarda erishi va dori modda va oziqaviy mahsulotning butun massasida teng tarqalishi; begona hid va ta’mga ega bo‘lmasligi kerak.

Farmatsevtika sanoati tarqqiy etgan mamlakatlarda dori preparatlari tarkibida bo‘yovchi moddalarni ishlatish mumkinligi to‘g‘risidagi qarorni Davlat nazorat organlari tomonidan tasarruf etiladi. Biroq milliy qonunlar va qonun osti buyruqlarda hali bu masalada bir to‘htamga kelishmagan.

Turli bo‘yovchi moddalarning bezararligini umumiy baholovchi omillar hali ishlab chiqilmaganligi sababli, bir mamlakatda ruhsat etilgan bo‘yovchi moddalar boshqa davlatda ishlatilishi zaharliligi sababli man etigan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Bu hol oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlarni eksport qilinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi kuzatilmoqda. Turli davlatlar qonunchiliklari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish va aholini salomatligini muhofaza qilish maqsadida import qilinadigan mahsulotlarga me’yoriy talablarni belgilab beradigan xalqaro tashkilotlar tashkil etilmoqda. Masalan, Evropa Iqtisodiy Ittifoqi 1954 yildan boshlab, Birlmashmaga a’zo bo‘lgan davlatlarda ishlatish uchun ruhsat etilgan bo‘yovchi moddalar ro‘yxatini davriy nashr etib turadi.

Bo‘yovchi moddalarni oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ishlatishga ruhsat etilishi, ularning bezararligiga bog‘liq. Shu bilan birga, adabiyotlarda va turli mamlakatlarni qonunlarida keltirilishicha turli bo‘yovchi moddalarni toksikologik jihatdan baholanishida har xil nomutanosibliklar mavjud. Bu esa bo‘yovchi moddalarni baholashda yagona me’yoriy xujjatlar ishlab chiqilmaganligi va toksikologik nazorat tahlil usullari unifikatsiya qilinmaganligi sababli deb tushunish kerak. Ko‘p hollarda toksikologlarni bo‘yovchi moddalarning zaharli va kanserogen deb berishi, faqat moddalarning strukturali formulasidan yoki funksional guruhlarning mavjudligidan kelib chiqilgan bo‘lib, aniq isbotlanmagan.

Har bir bo‘yovchi moddaning qarshi ta’siri aniq tajribalar natijasida o‘rganilgan bo‘lib, statistik jihatdan ishonchligi tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Ushbu yo‘nalishdagi tajribalar uchta yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak: tana to‘qimalariga va tana a’zolari funksiyalariga birlamchi surunkali ta’siri o‘rganilishi; ikkilamchi omillar - allergogennliligi, kanserogenliligi, mutagenliligi; teratogenliligi va b.; boshlang‘ich dozani belgilash, xavfsizlik koeffitsientini aniqlash va inson uchun maksimal ruhsat etilgan dozani aniqlash.

Oziq-ovqat va farmatsevtika sohasida ishlatiladigan rang beruvchi moddalarni asosan uch sinfga tasniflash mumkin: mineral pigmentlar, tabiiy bo‘yovchi moddalar, sintetik bo‘yoqlar.

Evropa Iqtisodiy Ittifoqga a’zo bo’lgan davlatlarda farmatsevtik preparatlarni ushbu sinfga mansub bo‘yoqlar bilan bo‘yash quyidagicha taqsimlanadi: tabiy bo‘yoqlar - 6%, mineral bo‘yoqlar - 27%, sintetik bo‘yoqlar - 67% umumiy bo‘yalgan preparatlar hisobidan.

Mineral pigmentlar (kalsiy karbonat, titan dioksid, temir oksidi va gidrooksidi, tibbiyot ko‘miri) ko‘p mamlakatlarda ishlatish uchun ruhsat etilgan, biroq ular ko‘p ishlatilmaydi. Farmatsevtika amaliyotida ular qattiq dori turlarni qoplash hamda yumshoq va qattiq jelatina kapsulalarni tiniq bo‘lmasligi uchun qo‘shiladi.

Tabiiy bo‘yoqlar asosan turli o‘simliklardan ajratib olinadi, ularning tarkibida antotsianlar, karotinoidlar, flavonoidlar, xlorofillar va boshqalar bor. Bazan bo‘yovchi moddalarni hayvonlar va hashoratlardan ham ajratib olinadi. Masalan, xartumchali koshenil hashorat tanasidan qizil rangli bo‘yovchi moddani ajratib olishadi. Tabiiy bo‘yoqlarning asosoiy kamchiligi – bu quyosh nuri, oksidlovchi-qaytaruvchilar, ph muhit o‘zgarishi, harorat ta’sirida bo‘yoqning rangi hira tortishi yoki rangsizlanishi; iqlim, o‘sadigan joy va yig‘ib olinadigan masum ta’sirida bo‘yoqning tarkibi o‘zgarishi, shuningdek bo‘yash xususiyati sintetik bo‘yoqlarga nisbatan 10-25 marta kamligi, ularni standartlashtirishda qator qiyinliklarni to‘g‘diradi.

Bugungi kunda oziq-ovqat va farmatsevitika sanoatida ishlatish uchun mo‘ljallangan tabiiy bo‘yoqlarni kichik hajmda ishlab chiqarish ko‘p mamlakatlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bular orasida eng istiqbolli xlorofill va karotinoidlar hisoblanadi. Ular chuqur o‘rganilgan va mutlaqo bezararligi isbotlanganligi sababli so‘nggi yillarda tabiiy bo‘yoqlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bu borada ko‘pgina institutlarda va bular jumlasidan bizning ham institutimizda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, chunki chiqindisiz ishlab chiqarshni tashkil etish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan sintetik bo‘yoqlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha 5 sinfga tasniflanadi: azobo‘yoqlar, trifenilmetanli bo‘yoqlar, indigoidli bo‘yoqlar, ksantenli va xinolinli bo‘yoqlarga. Bular orasida azobo‘yoqlar barcha ishlatiladigan bo‘yoqlarning 90% tashkil etadi.

Butun dunyo miqyosida oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan sintetik bo‘yoqlar quyidagicha tasniflanadi: tartrazin - 33,1%; quyoshli sariq - 22,4%; eritrozin - 8%; amarant - 6,8%; boshqa bo‘yovchi moddalar - 29,7% umumiy bo‘yovchi moddalar hisobidan. Bulardan eng qo‘p tartrazin - 30%, indigokarmin va eritrozin - 13% dan, quyoshli sariq, amarant va ponso 4R - 10% gacha, qolgan bo‘yovchi moddalar - 14% ishlatiladi.

Biroq shuni alohida ta’kidlash lozimki, olib borilayotgan chuqur toksikologik izlanishlar qo‘llashga ruhsat etilgan sintetik bo‘yovchi moddalarni ro‘yxatini tobora qisqarishiga olib kelmoqda. Lekin baribir sintetik bo‘yoqlar boshqa sinf bo‘yoqlariga nisbat ko‘proq ishlatilmoqda. Demak, bezarar bo‘yovchi moddalar muammosi hali o‘z echimini topmagan.

Bugungi kunda bezarar bo‘yovchi moddalarning izlanishi quyidagi yo‘nalishlarda bajarilmoqda:

- muhit pH va harorat ta’siriga chidamsiz bo‘yoqlarni metallar bilan kompleks hosil qilib (asosan, Na-tuzlariga o‘tkazilib) hamda bufer qo‘shimchalar qo‘shib stabilizatsiyalash;

- turg‘un bo‘lmagan tabiiy bo‘yoqlarni sintetik analoglariga almashtirish. Ushbu izlanishlar Hindistonda yaxshi rivojlangan;

- erimaydigan pigmentlarni yaratish – maxsus tayyorlangan sorbenlarga (alyuminiy gidrooksidi yoki titan dioksidi) eruvchan sintetik bo‘yoqlarni adsorbsiyalash yo‘li bilan;

- bo‘yovchi moddalarni polimer asoslarga immobilizatsiyalash yo‘li bilan, biodestruksiyaga uchramaydigan va oshqozon ichak tarmog‘ida so‘rilmaydigan bo‘yovchi moddalarni yaratish.

4-jadval

Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan bo‘yoqlar va bo‘yovchi moddalar




Bo‘yoqning nomi

Me’yoriy-texnika xujjati

roangi

Indigokarmin

TSH 18-16-143 - 77

Ko‘k

Kislotali qizil 20 (azorubin)

VFM 42-1446 - 84

Qizil

Tropeolin 0 (xrizoin)

TSH 6-09-2205 - 77

Sariq

Ruberozum

VFM 42-1306 - 83

Qizil

Serulezum

VFM 42-1304 - 83

Ko‘k

Flavorozum

VFM 42-1305 - 83

Sariq




Download 6.71 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   517




Download 6.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Meva essensiyalari, meva shiralari, o‘simlik ekstraktlari

Download 6.71 Mb.